Qurbonko'l tubida to'plangan cho'kmalar hajmini aniqlash

Qurbonko'l tubida to'plangan cho'kmalar hajmini aniqlash

O'quvchilarga / Geografiya
Qurbonko'l tubida to'plangan cho'kmalar hajmini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Qurbonko'l tubida to'plangan cho'kmalar hajmini aniqlash To'g'onli tog' ko'llarining barqarorligini belgilovchi omillardan biri ularning tubida to'planayotgan cho'kmalar miqdori va uning dinamikasidir To'g'onli tog' ko'llari tubida to'planayotgan cho'kmalar miqdori va hajmining ortib borishi ularning suv sig'imining kamayishiga olib keladi. Ushbu ish Farg'ona vodiysini o'rab turgan tog'larda joylashgan to'g'onli ko'llarning tipik vakili - Qurbonko'l kosasi tubida to'planayotgan cho'kmalar hajmining dinamikasini o'rganish masalalar yoritiladi. Qurbonko'lning Ko'ksuv daryosining o'zanida miqdoini aniqlash va shunga bog'liq holda ko'l joylashganligi, vodiysining V-simon shaklga ega ekanligi, ko'lni o'rab turgan yonbag'rlarda kuzatilayotgan qulama-surilma uchastkalari uning tubiga yotqizilayotgan cho'kmalarning miqdori, o'lchami va granulometrik tarkibining turlicha bo'lishiga sabab bo'ladi. Cho'kmalar ko'l tubiga daryo va soylarning loyqa oqiziqlari, sel oqimlari keltirgan va yonbag'rlardagi qulama-surilmalardan hosil bo'lgan tog' jinslari ko'rinishida to'planadi. Qurbonko'l kosasi tubiga yotqizilayotgan cho'kmalarni o'rganish maqsadida O'zMU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasining ilmiy tadqiqot guruhi 1986-1987 yillarida dala tadqiqot ishlarini olib borgan. Guruh tomonidan bu boradagi dastlabki ishlar 1986 yil 22 iyundan 8 avgustgacha amalga oshirilgan. Shu muddat uchun Ko'ksuv daryosi suvining loyqaligi aniqlanib, shu asosda daryo suvining muallaq oqiziqlari sarfi aniqlandi. Shu maqsadda dala sharoitida olib borilgan o'lchash ishlari natijasida to'plangan gidrologik ma'lumotlar asosida suv sarfi egri chiziqlari hamda daryo suvi loyqaligi bilan suv sarfi orasidagi bog'lanish grafiklari chizildi (1- va 2-rasmlar). Ushbu grafiklar asosida Ko'ksuv daryosining loyqa oqiziqlik sarfi aniqlanmagan kunlar uchun ma'lumotlar tiklandi. Unga ko'ra, bu davrdagi loyqa oqiziqlarning o'rtacha sarfi 1,25 kgs, maksimal qiymati 5,43 kgs (27 iyul), minimal miqdori esa 0,27 kgs (22 iyun)ni tashkil qilishi ma'lum bo'ldi. Tahlil natijalari kuzatish ishlari olib borilgan muddatda daryoning muallaq oqiziqlari sarfi 1,48 kgs ni, uning maksimal miqdori 4,56 kgs (13.07.1986), minimal miqdori esa 0,11 kgs (08.08.1986) ni tashkil etganligini ko'rsatdi. Ushbu ma'lumotlar asosida bajarilgan hisoblashlar 1986 yilning to'linsuv davrida ko'l tubiga daryoning 5,62 ming tonna loyqa oqiziqlari yotqizilganligini ko'rsatdi. Bu miqdor ko'l tubida o'rtacha 2,83 sm qalinlikdagi qatlamni hosil qiladi. Ko'ksuv daryosining loyqa oqiziqlari rejimini o'rganishga doir navbatdagi tadqiqotlar 1987 yil 4 iyundan 7 avgustgacha o'tkazilgan. Hisoblashlar va ularning tahlili natijalaridan Qurbonko'l kosasi tubida shu yilda to'plangan loyqa oqiziqlarning umumiy hajmi 8,86 ming tonnani tashkil etganligi va u ko'l tubida o'rtacha 4,45 sm qalinlikdagi yotqiziqlar qatlamini hosil qilganligi aniqlandi. Demak, 1986-1987 yillarning to'linsuv davrida ko'l kosasi tubi, Ko'ksuv daryosining 14,49 ming tonna loyqa oqiziqlari to'planib, ular o'rtacha 7,3 sm qalinlikdagi qatlamni hosil qilgan. Qurbonko'l kosasi tubida to'planayotgan cho'kmalar hajmining ortishida sel oqimlari keltirgan yotqiziqlarning hissasi ham sezilarlidir. Masalan, 1987 yil 17 iyul kuni tunda jadal sur'atda yoqqan jala natijasida Qurbonko'lning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga