Quyi Amudaryo mintaqasida turizmni rivojlantirishning ba'zi bir masalalari

Quyi Amudaryo mintaqasida turizmni rivojlantirishning ba'zi bir masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Quyi Amudaryo mintaqasida turizmni rivojlantirishning ba'zi bir masalalari - rasmi

Material tavsifi

Quyi Amudaryo mintaqasida turizmni rivojlantirishning ba'zi bir masalalari Turizm millatlarni bir - biriga yaqinlashtiradigan, turli davrlarda, turli xildagi xalqlarning madaniyati, dini, e'tiqodi, tarixi, tabiatini o'rganadigan, shuningdek insonlarning xordiq chiqarib davolanishlarini ta'minlabgina qolmay, balki iqtisodiyotning o'sish darajasini tezlashtirishga xizmat qiladigan tarmoq sifatida shakllanib bormoqda. Jahonda turizmning barcha turlari rivojlanishi bilan bir qatorda ba'zi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi. O'zbekistonda ham mustaqillikka erishgandan so'ng turizm sohasini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Jumladan, O'zbekturizm Milliy kompaniyasi, Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklash masalalari buning isboti bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda 1600 dan ortiq arxitektura va 2586 ta arxeologik yodgorliklar ro'yxatga olingan. Ularning ko'pchilik qismi Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan. Masalan, Ochiq osmon ostidagi muzey - shahar nomi bilan mashhur Xiva shahri, Xorazmning qadimiy poytaxtlari: Qiyot, Qo'yqirilgan - qal'a, Katqal'a, Tuproqqal'a, Sulton Uvays - bobo ziyoratgohi, Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari borki, ular har qanday sayyohni qiziqtirmasdan qo'ymaydi. Keyingi yillarda mintaqaga kelayotgan sayyohlarning soni ortib bormoqda. O'tmishning eng nodir va noyob yodgorliklari durdonasi bo'lgan qadimgi shaharlari ichida Xiva dunyo shaharlari orasida o'ziga xos xususiyatlari bilan alohida maqega ega. Xorazm vohasining ko'rki hisoblangan Xiva shahridagi, ayniqsa tarixiy obidalar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu shaharning betakror arxitektura qiyofasi XVII asr oxiri - XX asr boshlarida yuzaga kelgan. Xiva shahri asosan ikki qismdan iborat bo'lib, Ichan - qal'a (Shahriston) va Dishan - qal'a (Rabot) o'tmishdan so'zlovchi bebaho yodgorliklar sanaladi. Ichan - qal'a saroylar, madrasalar, masjidlardan iborat. Qadimda xonliklar davrida Ichan - qal'a asosan hukmron doiralar istiqomat qiladigan shaharning alohida ajratilgan qismi bo'lgan. 1967 yilda O'rta Osiyoda ilk bor Xiva Ichan - qal'a qismi tarixiy - me'moriy yodgorliklar qo'riqxonasi deb e'lon qilingan. Shaharning ikkinchi qismi Dishan - qal'a savdogarchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shahar aholisining turar joylari, turli xil hunarmandchilik mahallarini o'z ichiga olgan. Shuningdek, turizmni rivojlantirishda tarixiy yodgorliklar bilan bir qatorda mintaqaning tabiiy rekreatsiya resurslari ham alohida ahamiyatga ega. Quyi Amudaryo mintaqasida tabiatning betakror tufhalari, ajoyib tabiiy landshaftlari mavjud. Bu hudud katta - kichik ko'llarga juda boy va ular atrofida nafaqat dam olish, balki sog'liqni tiklash, davolanish uchun shart - sharoitlar mavjud. Bog'ot, Xozarasp tumanlarida joylashgan balchiqli ko'llar shular jumlasidandir. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ham turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta. Bu yerda qadimiy arxeologik yodgorliklar juda ko'p. Qadimgi Xorazm poytaxtlari Qiyot, Qo'yqirilgan qal'a, Tuproqqal'a kabi qadimiy shaharlar borki, ularning qurilish arxitekturasi o'ziga xos ko'rinishi bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda Qoraqalpog'iston hududida ko'plab arxeologik - qidiruv ishlari olib borilmoqda. Jumladan, yangi qal'a - shaharlar, xarobalar ostidan qazib olinib, o'rganilmoqda. Mintaqada Sulton Uvays bobo (XI ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.15 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.15 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga