Quyi Amudaryo mintaqasining investitsiya jozibadorligi Bugungi kunda mamlakatimizda chet el investorlar uchun mavjud bo'lgan keng miqyosdagi kafolat va imtiyozlar, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilganligidan dalolat beradi. Qolaversa, qo'shma korxonalar faoliyatini rahbatlantirish maqsadida qator imtiyozlar, jumladan, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, iste'mol tovarlarni ishlab chiqishda ko'plab imtiyozlar joriy qilingan. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining «Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi, «Chet el investorlari to'g'risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rahbatlantirish chora - tadbirlari to'g'risida»gi qarori, Prezidentimizning «Qo'shma korxonalar faoliyatini rahbatlantirish va ularga imtiyozlarni taqdim etishga oid qo'shimcha chora - tadbirlari to'g'risida»gi, «Qo'shma korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar eksportini rahbatlan-tirishga oid qo'shimcha chora - tadbirlari to'g'risida»gi, «To'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni rahbatlantirishga oid qo'shimcha chora - tadbirlari to'g'risida»gi farmoyishlari va boshqa qonuniy aktlar qulay investitsiya makoni yaratilishiga qaratilgan. Bunday holatda mamlakatimiz mintaqalaridagi investitsiya jozibadorligini to'g'ri baholay olish hamda ularda mavjud bo'lgan investitsiyalash imkoniyati va tabiiy - iqtisodiy salohiyati to'g'risida xorijiy investorlarga axborot berish muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, investitsion jozibadorlik mintaqalar bo'yicha universal bo'la olmaydi. U mintaqaning investitsiyalash imkoniyati, ya'ni tabiiy va ishlab chiqarish salohiyatiga, moliyaviy imkoniyati va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi. Binobarin har bir mintaqaning o'ziga xos ijtimoiy - iqtisodiy, tabiiy shart - sharoitlaridan kelib chiqqan holda investitsiya salohiyati shakllangandir. Shu boisdan mintaqalarda investitsiya salohiyati turlicha, ulardan foydalanish imkoniyatlari ham turlichadir. Bu jihatdan Quyi Amudaryo mintaqasi ham o'ziga xos investitsiya jozibadorlik ega. Jadval O'zbekiston mintaqalarida investitsiyalarning ulushi ( 01.01.06 й., фоизда) Jadval O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan. Iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalarning mintaqalar doirasidagi tahlili shuni ko'rsatadiki, Quyi Amudaryo mintaqasi bu borada past ko'rsatkichga ega. Respublikamizda jami investitsiyalarning 9,4 foiz, chet el investitsiyalarning 4,7 foizi, faoliyat ko'rsatayotgan qo'shma korxonalarning bor-yo'g'i 2,8 foizi shu mintaqa hissasiga to'g'ri keladi. Ma'lumki, mintaqaning investitsiya-larga bo'lgan jozibadorligini birinchi navbatda investitsiya salohiyati belgilab beradi. Investitsiya salohiyati mohiyatan o'zida mintaqaning ichki imkoniyatlarini, jumladan, tabiiy, ishchi kuchi, ishlab chiqarish, moliyaviy, infratuzulmaviy, iqtisodiy geografik o'rni kabilar tasnifini ifodalaydi, ikkinchi tomondan, mintaqaning iqtisodiy ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganligini tasniflaydi. Quyi Amudaryo mintaqasi investitsiya jozibadorligini baholashda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati iqtisodiy geografik o'rni hamda gidrografik salohiyatiga ko'ra deyarli bir xil baholansalarda, tabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy salohiyati bo'yicha ular o'zaro farqlanadi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi turli xil qazilma boyliklarga ega bo'lsa, Xorazm viloyati bundan mustasno. Oxirgi yillarda Qorakalpog'iston Respublikasida birqancha qazilma boyliklar - tabiiy gaz va neft konlarining katta qismi topilishi bu yerga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.96 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.96 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:05 ]
Arxiv ichida: doc