Quyi Amudaryo mintaqasining iqtisodiy geografik muammolari Mustaqil O'zbekiston milliy iqtisodiyotini mustahkamlashda uning geosiyosiy tizimining uzviy qismi bo'lgan har bir mintaqaning o'ziga xos munosib o'rni bor. Shu jihatdan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ham Respublika miqyosidagi hududiy mehnat taqsimotida sanoat va qishloq xo'jaligining ba'zi tarmoqlariga ixtsoslashuvi asosida alohida ajralib turadi. Mintaqa Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidan tarkib topadi. Maydoni bo'yicha O'zbekiston hududida ajratilgan 6 ta asosiy iqtisodiy rayonning (Soliyev, 1998) eng yirigi hisoblanadi. Uning maydoni 172,6 ming kv. km. yoki Respublika hududining 38,4 foizini ishg'ol qiladi. Ammo mintaqaning deografik sig'imi uncha katta emas - bu yerda 3060,5 ming kishi yashaydi (jami mamlakat aholisining atigi 11,5 foizi, 2007 yil). Rayonning geografik o'rni uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yo'nalishini ko'p jihatdan belgilab beradi. Eng avvalo bu o'rinning muhim iqtisodiy geografik xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Birinchidan, Quyi Amudaryo O'zbekiston Respublikasining shimoli - g'arbiy chekkasida, mamlakatimizning asosiy markazlaridan uzoqda joylashgan. Demak, uzoqda, ayni vaqtda Respublikamizning chet davlatlarga chiqish va unga xorijdan kirish qismlaridan birida o'rnashgan. Mintaqaning geografik jihatdan uzoqdaligi va, binobarin, transport xarajatlarining ko'pligi uning: Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning mumkin qadar kompleks tashkil etilishini, uzoqda joylashganlik esa ma'lum ma'noda iqtisodiy jihatdan mustaqil rivojlanishini; Respublika mehnat taqsimoti doirasida bozorga mo'ljallangan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini; Mamlakatimiz uchun muhim, noyob va strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlarning rivojlanishini taqozo etadi. Ikkinchidan, Quyi Amudaryo mintaqasining mamlakatimizning chekkasida, xorijiy davlatlarga chiqish (kirish) nuqtasida joylashganligi: Uning tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanishga; xalqaro bozorga mo'ljallangan eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqishga; Chegaraning bog'lovchi (kontakt) salohiyatidan foydalanib, erkin iqtisodiy mintaqalarning turli yo'nalishlarini shakllantirishga qulay sharoitlar yaratadi. Shu bilan birga rayon o'z nomi bilan O'rta Osiyoning tarixiy geografik rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan Amudaryo (Oks)-ning quyi qismida joylashganligini ham nazardan qochirmaslik kerak. Bir vaqtlar, ya'ni daryo sivilizatsiya va sug'orma dehqonchilik madaniyatining rivoj topgan davrida bu gidrografik omil hozirgi rayon hududini, xususan qadimiy Xorazmni chindan ham azimu-aziz, mashhur qilgan, uni jahonning savdo va fan taraqqiyotining markazlaridan biriga aylantirgan. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, agar Misr o'zining tarixiy olamshumul ahamiyati bilan naqadar Nil daryosiga bog'liq bo'lgan bo'lsa, Xorazm (bu yerda u hozirgi ma'muriy viloyat mao'munida emas, keng, tarixiy-geografik ma'noda) ham shunchalik Oks daryosidan minnatdor bo'lgan. Bir yunon faylasufi Misrni Nilning tuhfasi deb ta'riflagan, biz ham Xorazmni Oksning sovg'asi, deb atashimiz mumkin. Biroq, ko'rilayotgan mintaqa haqiqatdan ham hozirgi kunda Quyi Amudaryo, ya'ni Amudaryoning quyilish qismida ekanligi katta biroz shubhali ko'rinadi. Birinchidan, bu daryo deyarli quyilmayapti, Orol dengizi undan qochayapti; ikkinchidan, rayonning katta qismi, xususan Ustyurt va o'ng sohilda joylashgan hududlarga daryoning ta'siri ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.94 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.94 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:05 ]
Arxiv ichida: doc