Quyi Amudaryo mintaqasining tibbiy geografik vaziyati Quyi Amudaryo mintaqasi tarkibiga Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Uning maydoni 172,6 ming km2 bo'lib, bu borada Respublikamizdagi eng katta mintaqadir. Aholisi 01.01.2006 ma'lumotlariga ko'ra, 3025 ming kishi, zichlik 1km2 ga 124,1 kishiga teng. Aholining umumiy kasallanishi har 100 aholiga 507,5 kishiga teng (umumiy kasallanish indeksi 1,08); umumiy o'lim 5,0; kishi; go'daklar o'limi 17,0 promille, ayollar o'limi esa har 100 ming tirik tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 28,0 nafarni tashkil qiladi. Mintaqa o'z nomiga mos ravishda Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Mazkur o'lka O'zbekistonning shimoli-g'arbida Qoraqum va Qizilqum cho'llari oralig'ida joylashgan. O'lkaning yer yuzasi yassi tekisliklardan iborat. Quyi Amudaryo O'zbekistonning shimoli-g'arbida joylashganligi sababli qishi sovuq, yozi esa issiq va quruq bo'ladi. Qayd etayotganimizdek, o'lka O'zbekistonning eng sovuq hududlaridan biridir. Yanvarning o'rtacha harorati -4-80S atrofida, eng pastki harorat -330S gacha pasayib ketadi. Ushbu rayon Respublikamizning eng qurg'oqchil hududlaridan biri bo'lib, unda yog'in miqdori yiliga 79-108 mm ni tashkil qiladi. Hudud Respublikamizda qadimiy madaniyat, ilm-fan o'chog'laridan biri bo'lib kelgan. Buning negizida o'lkaning daryo yoqasida joylashganligi, unumdor tuprog'i yotgan bo'lsa, bugungi kunda mazkur o'lka Respublikamizning ekologik jihatdan eng nosog'lom, nochor, iqtisodiy nuqtai nazardan muammoli mintaqasi hisoblanadi. Garchi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari bir mintaqa tarkibiga kirsada tabiiy-iqlimiy, ekologik va nozogeografik xususiyatlariga ko'ra ular bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi mintaqaning shimolida, Orol dengizining janubiy qismini egallaydi. Iqlimi o'ta kontinental ya'ni yozi jazirama issiq, qishi esa Respublikamizning boshqa hududlariga nisbatan birmuncha sovuq, yillik yog'in miqdori 90-200 mm atrofida. Qoraqalpog'iston aholisi 01.01.2006 ma'lumotlariga ko'ra, 1571,9 ming kishi (mamlakat aholisining 6,0 foizi), zichlik esa 1 km2 ga 9,5 kishini tashkil qiladi. Aholining umumiy kasallanishi har 10 ming aholiga 4157,4 kishiga teng 'yoki Respublika jami aholi kasallanishining 5,3 foizi shu hudud hissasiga to'g'ri keladi. Orol bo'yida hukm surayotgan noqulay ekologik vaziyat ushbu mintaqada aholi migratsiyasining avj olishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligida foydalanadigan yerlarining yaroqsiz holatga kelishi, kuchli darajada sho'rlanishi aholining qishloqlardan shaharlarga ko'chishiga sabab bo'lmoqda. Ayrim hollarda mintaqa aholisining boshqa viloyatlarga ham borib o'rnashishi kuzatilmoqda. Bu esa aholining hududiy tarkibidagi o'zgarishlarga olib keladi. Mintaqa mamlakatimizning ekologik jihatdan eng noqulay mintaqasidir. Hudud aholisi orasida sil, yuqumli ichak hastaliklari, tug'ma nuqson bilan tug'ilishlar, buyrak va o't qopining surunkali kasalliklari eng ko'p uchraydi. Bu jihatdan Qoraqalpog'iston Respublikasi mamlakatimizda yetakchi o'rinlarda turadi. Ayniqsa mazkur Respublikada aholining sil bilan xastalanish holatlari nihoyatda yuqori. 2005 yilda O'zbekistonda har 100 ming aholiga sil bilan og'riganlar 75,9 kishini tashkil etgan bo'lsa, ushbu hududda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.75 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:05 ]
Arxiv ichida: doc