Quyi Amudaryo okrugi Reja: Geografik o'rni Qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o'simlik va hayvonot dunyosi. Quyi Amudaryoda shamolning kuchi va yo'nalishi Orol suv sathining pasayishi Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum cho'li bilan Orol dengizi orasida joylashib o'z ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon deltasini oladi. Okrugni g'arbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sultonvays tog'lari, shimoldan esa Orol dengizi o'rab turadi. Quyi Amudaryoning ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-g'arb tomonga cho'zilgan bo'lib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamo'yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom ztadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo'lib, kengligi bir. xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamo'yin tangligida okrugning kengligi taxminan 10-12 km bo'lib, shu yerdan Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanadi va shimoli-g'arbga (qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75-80 km ga yetadi. Amudaryoning qadimiy deltasi Taxtatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, so'ngra shimolga tomon yana kengayib qadimiy delta tugab, Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yo'nalish bo'yicha delta pasayadi va kengayib, ba'zi yerlarda 140-150 km ga yetadi. Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to'planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o'sishi tufayli vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni janubi-sharqdan, ya'ni Tuyamo'yin tangligidan shimoli-g'arb, shimol tomonga qarab davom etgan. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo'lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. So'nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi. Quyi Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Okrugdagi eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo'r davr yotqiziqlari bo'lib, ustini paleogen, neogen va, antropogen jinslari qoplab olgan. Quyi Amudaryoniing qadimiy deltasi antropogen allyuvial yotqiziqlaridan (gil, gilli qum, qumok, qumloq va bosh.) iborat bo'lib, ularning qalinligi (bo'r, davrning tub jinslari ustidan) 20 m, ba'zi joylarda 100 m. ga yetadi. Shuningdek, kadimiy delta chetlarida, ba'zi kichik botiqlarda ko'l yotqiziqlari xam uchraydi. Quyi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi esa, asosan, antropogen davr allyuvial, eol yotqiziqlaridan - qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil topib, qalinligi 80- 140 m ga yetadi. Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida esa hozirgi zamon yotqiziqlari, (qum, kumloq, gil) bo'lib, ular tarkibida har xil tuzlar mavjud, ba'zi joylari esa botqoqlashgan. Quyi Amudaryo okrugining qadimdan sug'orib dehqonchilik qilinadigan yerlari (Xorazm) da qalishshgi 2-3 m ga yetuvchi agroirrigao'iya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.04 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.04 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:05 ]
Arxiv ichida: doc