Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi

Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi

O'quvchilarga / Geografiya
Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 62-mavzu: Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi Amudaryoning qadimiy va hozirgi deltalarini o'z ichiga oladi. Okrug g'arbda Ustyurt, janubi g'arbda Turkmaniston, sharqda Qizilqum, shimolda esa Orol okruglari bilan chegaralanadi. Maydoni 50 ming km2 atrofida. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Quyi Amudaryo okrugi janubi sharqdan shimoli g'arb tomonga cho'zilgan bo'lib, shu tomon kengayib, pasayib boradi. Okrug janubi sharqda Tuyamo'yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo'lib, kengligi bir xil emas. Pitnak balandligida (mutlaq balandligi 200 m atrofida) Amudaryo vodiysi juda torayib, Tuyamo'yin tangligini hosil qiladi. Tuyamo'yin tangligidan o'tgach, okrugning kengligi kattalashib, taxminan 10 - 12 km, mutlaq balandligi 150 m ni tashkil etadi. So'ngra Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanib, kengayadi (75-80 km). Taxiatosh tangligidan shimoli g'arbga qarab Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi. Delta bu qismda kengayadi (140-150 km) va pasayib, mutlaq balandligi 60 - 95 m ga tushib qoladi. Bu deltaning maydoni Orol suv sathining pasayishi hisobiga kengayib bormoqda. Orolning qurigan o'rnida ulkan sho'rqum, sho'rxokli landshaftlar majmuasidan iborat tiðik cho'l tarkib topdi. Bu cho'lni Orolqum deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. Shamol ta'sirida o'sha qumlar uchib, Quyi Amudaryoga tuz yog'ini yog'moqda. Mo'ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 100 kg tuzli changlar tushmoqda. Quyi Amudaryo yer yuzasi tekis bo'lganligidan Amudaryo tarmoqlanib, ilonizi bo'lib oqib, bir nechta o'zanlar hosil qilgan. Eng muhim qadimiy o'zanlari o'ng qirg'oqdan Orol tomon yo'nalganlari Qora O'zak, Shertanboy, Kindiksoy, Qorako'lsoy kiradi. Chap qirg'oqdan boshlanuvchi va Sariqamish tomon yo'nalgan eng qadimiy o'zanlari esa Ko'hnadaryo, Daryoliq, Davdan hisoblanadi. Ana shu qadimiy o'zanlar orasida nisbiy balandliklari 60-80 m ga yetuvchi bir nechta tepalik va qoldiq tog'lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quyonchiq, Qoratov, Jumirtov, Barlitov va boshqalardir. Quyi Amudaryo okrugi negizida bo'r davri yotqiziqlari joylashgan. Uning ustilarini paleogen, neogen va antropogen alluvial yotqiziqlari (gil, gilli qum, qumoq va boshqalar) qoplab olgan. Okrugda qazilma boyliklardan har xil tuzlar, qurilish materiallari, Sulton Uvays tog'ida marmar, temir koni mavjud (43- rasm). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.15 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.15 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga