Quyi Zarafshon iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

Quyi Zarafshon iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Quyi Zarafshon iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 59-mavzu: Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi Iqlimi. Quyi Zarafshon okrugi qisqa va beqaror qish bilan, quruq, seroftob, jazirama yoz bilan tavsiflanadi. Qishda okrug hududiga shimoldan sovuq, quruq shamollarning esishi tufayli hamma qismida yanvarning o'rtacha harorati 0°C dan past bo'ladi. Quyi Zarafshon okrugiga yozda shimoli g'arbdan nam havo massalari esib tursa-da, lekin haroratning yuqoriligi tufayli yog'in yog'maydi. Quyi Zarafshon okrugi O'zbekistonning eng issiq hududlaridan hisoblanib, yillik o'rtacha harorati +14,2 +15°C, iyulning o'rtacha harorati +28 +29,6°C, yanvarning o'rtacha harorati Qorako'lda +0,4°C, Shofirkonda +1,5°C hisoblanadi. Okrugda ba'zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va Arktika havo massasining u bilan bir davrga to'g'ri kelishi tufayli harorat -20 -25°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda havo qizib, eng yuqori harorat +44 +45°C ga ko'tariladi. Quyi Zarafshon okrugida sovuq bo'lmaydigan davr 204-214 kun davom etib, vegetatsiya davridagi haroratlar yig'indisi 500°C ga yetadi. Bunday iqlimiy sharoitda ingichka tolali paxta, shirin-shakar mevalar, poliz ekinlarini yetishtirish mumkin. Quyi Zarafshon okrugida yog'inlar hudud va fasllar bo'yicha notekis taqsimlangan. Buxoro va Qorako'l vohalariga bir yilda 100-200 mm yog'in tushadi. Yillik yog'inni 100 foiz desak, 44-48 foizi bahorga, 36-44 foizi qishga, 2-3 foizi yozga to'g'ri keladi. Eng ko'p yog'in mart - aprel oylariga, eng kam yog'in iyul - avgust oylariga to'g'ri keladi. Quyi Zarafshon okrugida qor har yili yog'adi, lekin uzoq turmay (5-10 kungacha) erib ketadi. Qorning qalinligi 5 sm atrofida bo'ladi. Suvlari. Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi Amudaryo va Zarafshon hisoblanadi. Okrug hududida Zarafshon daryosining suvlari Shofirkon, Vobkent, Romitan, Shohrud va boshqa magistral kanallar orqali sug'orishga sarflanib, tabiiy o'zandan faqat sizot suvlari oqadi, xolos. Ilgari Zarafshon suvi Quyi Zarafshon okrugidan oqib o'tib, Amudaryoga 20 km yetmasdan qumlarga shimilib ketar edi. Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvi O'rta Zarafshon okrugida ishlatilishi tufayli Buxoro va Qorako'l vohasiga suvi to'la yetib kelmaydi. Shu sababli yerlarni sug'orishni yaxshilash, aholini suv bilan ta'minlash maqsadida uzunligi 268 km bo'lgan Amu-Buxoro magistral kanali qurildi. Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan sug'orishda foydalanishdan tashqari To'dako'l va Quyimozor suv omborlari ham to'ldirilib turibdi. Buxoro va Qorako'l vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini sug'oriladigan hududdan chetga chiqarib tashlash oqibatida Sho'rko'l, Qorako'l, Parsanko'l, Moxonko'l, Qoraqir kabi ko'llar vujudga keldi. Quyi Zarafshon okrugida yerosti suvlari relyefga bog'liq holda hudud bo'yicha bir xil joylashgan emas. Okrug sharqidagi balandroq bo'lgan yerlarning grunt suvlari nisbatan chuchuk va yaxshi siljiydi. Okrugning janubi g'arbida, Buxoro va Qorako'l vohalarida grunt suvi yuza (2 -3 m) bo'lib, sho'r, ichishga yaroqsiz. Bo'r davri yotqiziqlari orasida bosimli yerosti suvlari mavjud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga