Quyi Zarafshon okrugi Reja: Geografik o'rni. Quyi Zarafshon okrugida eng ko'p tarqalgan jinslar. Zarafshon vodiysi. Quyi Zarafshon okrugishshg asosiy suv manbai. Bu okrug Zarafshon daryosining quyi qismidagi Buxoro va Qorako'l deltalarini o'z ichiga olib, sharqda O'rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Xazar yo'lagi orqali ajralib turadi. Quyi Zarafshon okrugini shimoldan va g'arbdan Qizilqum, okrugi, janubi-g'arbdan Sanduqli qumligi, janubdan Eshakchi qumligi, sharhdan Qiziltepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynog'och, Qushtepa va Qumsulton balandliklari o'rab turadi. Quyi Zarafshon paleozoy burmali negizining bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynozoy cho'kindi jinslar g'ilofi qoplab olgan. Binobarin, okrugda eng qadimiy jins bu paleozoy yotqiziqlari bo'lib, ular 1200-1300 m chuqurlikda joylashib, ustini so'nggi davr jinslari qoplab olgan. Paleozoy yotqiziqlari ohaktoshlardan, slaneo'lardan iborat bo'lib, uning ustini yura, bo'r davrining mergellari, gillari va qumtoshlari qoplagan. Yura va bo'r davr jinslarining qalinligi 500-100 metrga yetib, ustini paleogen va neogen davr jinslari qoplagan. Yura va bo'r davri jinslari faqat okrugning sharqidagi balandliklarning ba'zi joylarida ochilib qolgan, xolos. Quyi Zarafshonda eng ko'p tarqalgan yotqiziq bu kaynazoy davrining jinslaridir. Lekin paleogen yotqiziqlari okrugda neogenga nisbatan kam bo'lib, asosan, Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh va Qiziltepa balandliklarida ochilib qolgan bo'lib, ohaktosh, dolomit, qumtosh va gillardan iborat. Neogen davr jinslari sarrish sur, jigar rang qumlardan, qumtoshlardan, gillardan iborat bo'lib, Buxoro vohasining janubiy qismida, Dengizko'l atrofida va Qorako'l vohasida uchraydi. Quyi Zarafshon okrugida eng ko'p tarqalgan yotqiziqlar to'rtlamchi davrga xos bo'lib, ular genetik jihatidan allyuvial, prolyuvial, delta prolyuvial, allyuvial prolyuvial, ko'l yotqiziri, eol va madaniy irrigao'iya yotqiziqlaridir. Okrug atrofidagi balandliklarda va Buxoro Qorako'l deltasining chetlarida ellyuvial va prolyuvial yo'l bilan vujudga kelgan sharal, qum, qumoq jinslar mavjud. Deltaprolyuvial yotqiziqlar esa Ko'kcha va Azkamar balandliklari atrofida uchrab, sharal va lyossimon jinslardan tashkil topgan. Quyi Zarafshon okrugida eng ko'p tarqalgan jinslar allyuvial delta yotqiziqlari hisoblanib, Zarafshon daryosi olib kelgan shag'al, qum, qumoq kabilardan iborat. Okrugdagi Dengizko'l va boshqa kichik ko'llar atrofida ko'l yotqiziqlari - to'q sur rangli gil va qumoq jinslar uchraydi. Buxoro va Qorako'l atrofida eol yo'l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan. Quyi Zarafshon okrugining qadimdan sug'orilib, dehqonchilik qilib kelinayotgan qismida madaniy qatlam vujudga kelgan. Quyi Zarafshon okrugining relefi bir xil emas. U Xazar yo'lagida torayib, so'ng Abumuslim tepaligida Zarafshon vodiyi kengayib, Shoptoli qishloqida janubi-g'arbga qarab kengayib, Buxoro deltasini hosil qiladi. Buxoro deltasining shimoldan va g'arbdan Qizilqum, o'rab olsa, sharqida Qiziltepa (362 m), Azkamar (372 m), Quyimozor (216 m), Qaynaroch (322 m) balandliklari, Qushtepa va Qumsulton tepaliklari, janubi-sharqdan esa Qorako'l balandligi o'rab turadi. Buxoro deltasining uzunligi 102 km, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.83 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.83 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:06 ]
Arxiv ichida: doc