Rangdor va qora metallurgiya

Rangdor va qora metallurgiya

O'quvchilarga / Geografiya
Rangdor va qora metallurgiya - rasmi

Material tavsifi

Rangdor va qora metallurgiya Reja: Metallurgiya sanoatining asosiy tarmoqlari. Rangdor metallurgiya tarmog'i. Qora metallurgiya tarmog'i. Mamlakatimizdagi asosiy xom ashyo bazalari. Rangdor metallurgiya asosida hosil bo'lgan energiya ishlab chiqarish siklini shakllantirishi. Mamlakat iqtisodiyotida metallurgiya sanoatining mavqei. Rangdor asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va eritishni o'z ichiga oladigan rangdor metallurgiya uning keng tarmoqlari O'zbekistonning dunyoviy ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz hududida zahira bo'yicha ancha istiqbolli, qazib olishning texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari qulay bo'lgan qator miss, polimetall, folfram, molebden konlari, alyuminiy va magniy xom ashyolari boshqa rangdor hamda nodir metallar topilgan. O'zbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay uning hissasi O'rta Osiyo Respublikalarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2.3 qismidan ko'pi to'g'ri keladi. Konlarni ishga solish jarayonida Respublikamizda 1935 yillarda volfram, molebden, 1941 yilda flyuorit, 1952 yilda qo'rg'oshin, rux, 1956 yilda esa mis qazib chiqarish va boyitish va hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Dastlabki davrlarda O'zbekistonning rangdor metallurgiyasi rudalarni qazib chiqarish, boyitish, hamda tayyorlangan konsentrantlarni boshqa Respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo'natish bilan shug'ullangan bo'lsa, endilikda u mazkur sanoat hamma ishlab chiqarish bosqichlarini o'z ichiga oluvchi to'la siklli sanoat tarmog'iga aylandi. Bu sanoatning korxonalari Olmaliq, Mirintov (Zarafshon), Navoiy tog' metallurgiya kombinatlari, O'zbekiston qiyin eriydigan va issiqqa bardoshli qotishmalar kombinati (Chirchiq) Ingichka hamda Qo'ytosh, kon boshqarmalari, O'zbekiston oltini kombinati va boshqalardir. Olmaliq tog' metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetal rudalarni qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis, Qalmoqqir va Sarichekuv konlaridan qazib olinadi hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasi boyitilib, mis zavodida eritiladi. Qo'rg'oshin kon va Oltintopgan polimetall konlaridan qazib olinadigan rudalar qo'rg'oshin, rux boyitish fabrikasida boyitiladi. rux konsentrantlari kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi. Qo'rg'oshin konsentrantlari esa eritish uchun hozircha Respublikadan tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog' metallurgiya kombinatining rux va qo'rg'oshin sanoati bilan bog'liq korxonalari tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona xam kiradi. Umuman Respublikamizda rangdor metallurgiyaning mis, rux va qo'rg'oshin tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari juda yaxshi. Mis sanoatining istiqboli ishlab turgan Qalmoqqir, Sarichekuv konlarida hamda shu nihoyadagi Dalneye, Baliqti kabi konlarini ishga solish bilan cheklanmaydi. Respublikaning bir qator boshqa nohiyalarida ham istiqboli mis konlari topilgan. Ulardan muhimlari Janubiy O'zbekistondagi Xandiza Charchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, Farg'ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Bu 15 dan ortiq mis konini ishga solish, mis sanoatini xom ashyo bazasini kengaytiradi, yangi boyitish fabrikalari qurish, Olmaliq tog' metallurgiya kombinatidagi mis zavodini quvvatini oshirish imkonini beradi. Qalmoqqir mis konlari negizida tugal metallurgiya sikliga ega bo'lgan Olmaliq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga