Regional tabiiy geografiyaga taaluqli muammolar Reja: 1. Tabiiy geografiyada sistemali yondashuv 2. Atrof muhit muammolarining geografik jihatlari Rayonlashtirish (fr. rayon - bo'lim, bo'linma) keng ma'noda geografik qobiq va uning qismlarining, shuningdek tabiat va jamiyat o'zaro ta'sirining tabiiy va sotsial-iqtisodiy jarayonlarning hududiy tabaqalashuvini (differensiatsiyasini) ochib berishga qaratilgan say'-harakatlar majmuasidir.Amerikalik olim D.Uittlsining fikricha (1957), rayon - hodisalarning murakkab komplekslarining hududiy birikmalarini tanlab olish va o'rganish vositasidir. Geografiyada rayonlashtirish muammosini ko'pchilik tadqiqotchilar markaziy muammo deb hisoblashadi va bu muammoga juda ko'plab adabiyotlar bag'ishlangan. Geografik rayonlashtirish tipologik yondashuvni nafaqat Yer yuzasidagi bir xil qismlarini ajratish yo'li bilan, balki hududlarning alohida tiplari areallarinining tahlil natijalarini bir-biriga moslab bir butun hosil qilish yordamida individual qiyofaga ega bo'lgan turli xil qismlarini ajratish yo'li bilan ham amalga oshiradi. Tabiat xossalarining ifodalanishi darajasiga ko'ra rayonlashtirishning quyidagi xillari ajratiladi: 1) tabiat va jamiyat o'zaro ta'sirinining sistemalarini integral rayonlashtirish; 2) kompleks tabiiy-geografik (landshaft) rayonlashtirish; 3) komponentlarni tabiiy-geografik rayonlashtirish (iqlimiy, geomorfologik,geobotanik va b.). Tabiiy geografik rayonlashtirish deb, teng tabiiy regionlarni ajratish (belgilash) asosida hududiy bo'lish tizimiga aytiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, tabiiy-geografik rayonlashtirish juz'iy tabiiy geografik belgilarga (komponentlar bo'yicha tabiiy geografik rayonlashtirish) va o'zaro bog'liq bo'lgan belgilarning kompleksiga ko'ra (komleks tabiiy-geografik yoki landshaft rayonlashtirish) o'tkazilishi mumkin. Amaliy vazifalarga nisbatan esa rayonlashtirishning ikki turi - umumilmiy va amaliy rayonlashtitish turlariga ajratiladi. Ammo, ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, har qanday amaliy rayonlashtirish faqat umumilmiy rayonlashtirish asosida amalgam oshiriladi. Boshqa tadqiqotchilar esa universal rayonlashtirish yo'q va har qanday rayonlashtirish muayyan maqsad uchun bajariladi, deb hisoblaydilar. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, yagona umumilmiy rayonlashtirish amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirishning turli variantlarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirish - iqtisodiyot, madaniyat, sog'liqni saqlashning turli sohalarida rejalashtirish va loyihalashtirishda tabiiy-ilmiy asos bo'lib xizmat qiladigan kompleks tabiiy rayonlashtirishdir (masalan, yo'l qurish, yangi yerlarni o'zlashtirish, yerlarni melioratsiya qilish va b.). TABIIY GEOGRAFIYADA SISTEMALI YONDASHUV Fan barcha davrlarda sistemalarni o'rgangan va sistemali metodlardan foydalangan. Sistemali yondashuv g'oyasining asl mohiyati o'rganish ob'yektining juz'iyatlarini uning qismlaridagi juz'iyatlari asosida tadqiq qilishdan iboratdir. Hozirgi paytda ham murakkab ilmiy muammolarning yechimida tizimli yondashuv goyalari va metodlari keng foydalaniladi. Sistema (yun. systёma qismlardan tashkil topgan bir butun, birikma) tushunchasi hozirgi fanda universal ahamiyatga ega. Ammo, ta'kidlash joizki, sistemalarning umume'tirof etilgan umumiy nazariyasi yaratilganicha yo'q. Shu sababli har bir muayyan tadqiqot uchun tamoyillar, qoidalar va metodlarni ishlab chiqish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Sistema termini bir qancha mazmunga ega. Ular orasida eng ko'p tarqalgani - bu sistema - elementlar to'plami bo'lib, bu sistemalar orasidagi munosabatlar mantiqiy (turli qarashlar sistemasi) va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:06 ]
Arxiv ichida: doc