Respublika oziq-ovqat sanoati rivojlanishining ayrim jihatlari XX asr ikkinchi yarmida fan-texnikaning rivojlanishi inqilobiy o'zgarishlari jahonning yetakchi va iqtisodiy taraqqiyotida orqada qolayotgan mamlakatlari o'rtasida farqni yanada kuchaytirdi. Rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlash tarmoqlarining eski tarmoqlari asta-sekinlik bilan turg'unlikka uchrab, fan-texnikaning yutuqlariga asoslangan sanoat sohalari tez sur'atlarda rivojlandi. Sanoat ishlab chiqarishida ilgari mamlakatning kuch-qudrati asosini tashkil etuvchi metallurgiya, mashinasozlikning qator ko'p metall talab etuvchi tarmoqlari faqat eski sanoat rayonlaridagina to'plangan bo'lib, hozirda iqtisodiyotda markaziy o'rinni yo'qotgan. Iqtisodiy infratuzilmaning yildan-yilga ijtimoiylashib borayotganligi tufayli xo'jalikda aholiga xizmat ko'rsatuvchi sohalar, istemol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining ahamiyati ortib bormoqda. Aholi soni va daromadining ortib borishi (so'ngi 20-25 yil ichida jahon aholisi 25-30%, daromadi esa 12-14% ga o'sdi ) nomoddiy xo'jalik hamda turli oziq nooziq iste'mol mahsulotlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlarini serdaromad sohalarga aylantirdi. Shu bois jahonning barcha mamlakatlarida, ayniqsa rivojlanayot-ganlarida ushbu sohalar tez taraqqiy etmoqda. Ular orasida oziq-ovqat sanoati tabiiy ravishda, asosiy o'rin tutadi. Respublika viloyatlarida oziq-ovqat mahulotlari ishlab chiqarish (2005 y., foizda). 1. Qaroqalpog'iston Resp: Viloyatlar: 2. Andijon; 3. Buxoro; 4. Jizzax; 5. Navoiy; 6. Namangan; 7. Samarqand; 8. Sirdaryo; 9. Surxondaryo; 10.Toshkent; 11. Farg'ona; 12. Xorazm; 13. Qashqadaryo; 14. Toshkent shahri. O'zbekiston oziq-ovqat sanoati xo'jalik sohalari orasida o'ziga xos mavqeni egallaydi. Ushbu sanoat tarmog'i yog'-moy, go'sht va sut mahsulotlari, meva-sabzavot, konserva, sharob, noalkogol ichimliklar, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o'nlab xo'jalik sohalarini o'zida mujassam etgan. Sohaning qator tarmoqlari o'z mahsulotlarini yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga eksport qiladi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining 9,6-10 foizi oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati Respublikada ancha notekis joylashgan. Tarmoq mahsulotlarining asosiy qismi Toshkent shahri va viloyatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, bu borada Samarqand, Jizzax va Qashkadaryo viloyatlari ham ajralib turadi. Mazkur sanab o'tilgan ma'muriy tizimlar hissasiga Respublikada ishlab chiqarilgan soha mahsulotining 70,4 foizi yoki deyarli 2-3 qismi to'g'ri keladi. Ayni vaqtda tarmoqda asosan ichki iste'mol uchun mahsulot ishlab chiqariladi. Respublika oziq-ovqat sanoatini yanada taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarish hududiy tarkibini takomillashtirish uchun imkoniyatlar yetarli. Soha korxonalari ma'lum ma'noda malakaga ega bo'lgan kadrlar va ishchi kuchini talab etsada, texnologik jarayoni ancha sodda, ishlab chiqarish fondlari kam mablag' talabdir. Sanoat tarmog'ida ishlab chiqarishning o'ziga xos jihati shundaki, mahsulot bevosita iste'mol obyekti, ya'ni inson salomatligining manbaidir. Ishlab chiqarish jarayonidagi salgina chetga chiqishlar, ta'minotning uzilishi, foydalilik koefitsiyentining pastligi yoki muddatining o'tib ketishi mahsulot xaridorgirligini yo'qqa chiqaradi yoki aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Shu sababli sohada ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va uning taklifi ancha murakkabliklarga ega. O'zbekistonda, joylashgan mintaqa iqlimiy sharoitidan kelib chiqib, turli ozuqa vita'minlarga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:06 ]
Arxiv ichida: doc