Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi

Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi - rasmi

Material tavsifi

Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi Reja: 1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o'rganishda toponimikaning o'rni. 2.O'zbekiston toponimikasiga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi. O'zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi. 1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o'rganishda toponimikaning o'rni. 1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o'rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o'rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya'ni yer tili deb atashadi. Toponimika atamsi lotin tilidan olingan bo'lib, «topos» - joy, «onom» - nom, umuman joy nomini o'rganadigan fan degan ma'noni bildiradi. Geografiy nomlar va zamin qarida o'rganilayotgan nomlar insonlarga qo'yiladigan ismlar toponimikaning manbai hisoblanadi. Toponimika ikki obyektdan: mikro va makro toponimlaridan iborat bo'lib, makrotoponimika - grammatik jihatda mayda obyektlarni - turdosh otlarni, mikrotoponimika esa atoqli otlar, ya'ni yirik obyektlarning nomlarini tadbiq qiladi. Joy nomlari insoniyat tarixi va taqdirida alohida o'ringa ega. Ularsiz kishilar qayerga borishini ham, qanday borishini ham, qayerdan qanday kelishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to'xtalish hollari bo'lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo'lgan asarlarda u yoki bu darajada to'xtalganligini tarixiy va geografik asarlardan bilishimiz mumkin. Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o'ziga xos tarix, o'ziga xos xotira hamda o'ziga xos madaniy-ma'naviy yodgorliklardan biri sanaladi. Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. O'zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H. Hasanovning xizmatlari katta. Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma'lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo'lgan qo'lyozma manbalardagi materiallar ham e'tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmay tadqiqot ishlarida aniq ko'rish mumkin. O'zbekiston toponimikasi fani Ona Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig'ish, to'plash, ma'lum bir ilmiy-nazariy tizimga solish bilan birga, ularga har tomonlama izohlashga ham harakat qiladi. Mamlakatimiz hududida Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi joylashgan. Yuqorida sanab o'tilgan shahar, viloyatlar, Respublikasiga ma'lumotlarni bu fan yig'ib to'plash jamlab beradi. Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko'rinishli holatga egaligini V. A.Juchkevich ham o'z monografiyasida alohida qayd qilib o'tganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, har bir viloyat, har bir shahar, har bir voha, har bir tuman o'ziga xos toponimlar (majmui) jamiga - toponimiyasiga ega. Ularni o'rganish va ular to'g'risida maxsus maqola, monografiyalar va hatto, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga