Sahroi Kabir Sahroi Kabir - Yer sharidagi eng katta cho'l. Hududi 9 065 00 km². Sahroi Kabir Shimoliy Afrikada 10 davlatning territoriyasida joylashgan(Misr, Liviya, Tunis, Aljir, Marokash, G'arbiySaxara, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad,Sudan) Sahroi Kabir (arab. Katta cho'l) - Yer yuzidagi eng katta tropik cho'l. Afrikaning shim.da. Maydoni 7 mln. km² dan ziyod (Afrika hududining 25%). G'arbdan sharqqa 5700 km ga cho'zilgan, eni 200 km gacha. SAHROI KABIRda Marokash, Tunis, Jazoir. Liviya, Misr, G'arbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad, Sudan davlatlari to'liq va qisman joylashgan. Yer yuzasining 80% tekislikdan iborat bo'lib, bal. 200-500 m. Sharqiy va shim. qismida berk xavzalar bor, ba'zilarining yer yuzasi dengiz sathidan ancha past, mas, Kattara (-133 m), AlFayyum va boshqa Markazida Axajjar (eng baland joyi Taxat cho'qqisi, 3003 m) va Tibasti (eng baland joyi 3415 m, SAHROI KABIRda eng baland) vulkanik massivlar joylashgan. SAHROI KABIRning landshafti juda xilmaxil. Hududining 70% toshloqli cho'l, per, serir, qumli cho'l (erg) va sho'rxoklar bilan band, tog'li yerlar ham chaqirtoshlardan iborat. Cho'lning shim. va shim.sharqiy qismida qum uyumlari shamolda ko'chib yuradi. Katta maydonlarni kserofit o'simliklar ildizi bilan mustahkamlangan jo'yakli kum uyumlari (bal. 200-300 m) egallagan. SAHROI KABIR geologik jihatdan Afrika Arabiston platformasining shim.karbiy qismidir. Uning kembriygacha bo'lgan zamini tomik qismida va Nubiya Arabiston qalqonining g'arbiy chekkasida yer yuziga chiqib qolgan. Boshqa joylarida qad. jinslar ustini dengiz yotqiziklari qoplagan. Foydali qazilmalardan neft va gaz, temir va mis rudalari, oltin, volfram, uran konlari bor. SAHROI KABIRning katta qismida tropik, quruq va issiq, shim.da subtropik iqlim. Hududining aksari qismida yil davomida shim.sharqiy passat shamollari esib turadi. Muzlanish davrida SAHROI KABIRda iqlim sernamroq bo'lgan. SAHROI KABIRning sohil qismidan boshqa joylarida havo quruq. Yog'in cho'lning shim. da, asosan, qishda, jan.da yozda yog'adi. Yillik yog'in SAHROI KABIRning tekislik qismida 50 mm dan, tog'liklarda 100 mm dan kam, chekkalarida 100-200 mm. Ichki r-nlarda yillab yog'in yog'maydi, lekin ayrim vaqtlarda tog'larda jala yog'ib sel keladi. Ahajjar va Tibasti tog'liklarining tepalarida qishda qisqa muddat qor yog'adi. OB-HAVOSI Havoning sutkali va yillik temperaturasi farqi katta. Ayrim joylarda tra 56-58° ga yetadi. Iyul oyining o'rtacha temperaturasi 37,2°, yanv.niki 10°. Kishda hamma qismida kechasi tuproq muzlaydi. Eng past tra (-18°) Tibasti tog'ida kuzatilgan. Yilning salqin oylarida kuchli shamol (tezligi 50 msek. gacha) esib chang va qum bo'ronlari (samum) bo'ladi. SAHROI KABIRda oqar suvlar kam. Cho'lni kesib o'tuvchi eng yirik daryo - Nil. Ba'zan kuchli yomg'ir yoqqandan so'ng quruq o'zanlar qisqa muddat suvga to'ladi. Tog'larda suvi juda minerallashgan kichik qoldiq ko'llar uchraydi. SAHROI ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.8 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.8 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:07 ]
Arxiv ichida: pptx