Samarqand O'rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi

Samarqand O'rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Samarqand O'rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Samarqand O'rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi Reja: 1. Samarqand. O'rta Zarafshon shaharlarining siyosiy tarixi. 2. Samarqand. O'rta Zarafshon shaharlarining o'rganilish tarixi 3. Ilk O'rta asr Sugdiyona shaharlarining tarixiy topografiyasi. Samarqand. O'rta Zarafshon shaharlarining siyosiy tarixi. Sugdiyona- O'rta Osiyoning markaziy viloyatidir. Sugdiyonaning asosiy hududlari Zarafshon buyida joylashgan bo'lib, markazi Samarqand shaxri bo'lgan. Umuman olganda esa Sugdiyona o'z ichiga Kesh va Naxshob va Kashkadaryo buyi hududlari xam kirgan. Manbalarda Samarqand Sugdi bilan birgalikda Buxoro Sugdi xam eslatiladi. Olimlarning taxminlariga karaganda 7 asrda Buxoro Sugdi Samarqand Sugdi ta'sirida bo'lgan. Sugd tili, madaniyati va yozuvini tarqalishi nafaqat aynan Sugdiyona hududida yo'z bergan, balki ancha yirik keng hududlarga xam tarkalgan. 7 asr xitoy sayyoxatchisi Syuan Szyanning ma'lumotlariga karaganda Chu daryosi buyidagi Suyob shaxridan Keshgacha bo'lgan hududlar Sugdiyona deb atalgan va bu yerdagi aholi sugd tilida gaplashgan. Olimlarning taxminlaricha bu yerda Sugdiyonaning aniq chegaralari berilmagan bo'lib, balki sugd tili va madaniyati tarkalgan hududlar kayd etilgan. qadimgi davrlarda boshlanib ketgan Sugdiyonadan shimoli-sharqda joylashgan yerlarni sugdlar tomonidan kolonizatsiya qilinishi ayniqsa ilk O'rta asrlar davrida yanada tezlashadi. Sugdiyona bilan ayniqsa chegaradosh Ustrusxona va Choch hududlarining aloqalari mustahkam bo'lgan. Sugdlarning keng koloniyalari Chu va Talos daryolari buyida joylashgan. Manbalarning ma'lumotlariga karaganda bu yerda 11 asrgacha aholi sugd tilida gaplasha olgan. Bu barcha hududlarda sugd va mahalliy madaniyat kushilib ketib, o'ziga xos madaniyat yo'zaga kelgan. Sugd yozuvi xam katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ilk O'rta asrlarda sugd yozuvi nafaqat sugd tilida so'zlaydigan hududlarda, balki boshqa tillarda so'zlashadigan hududlarda xam keng tarkalgan. Masalan, Xorazm, Toxariston, Fargona, Choch, Ustrusxona va yettisuv tangalarida sugd afsonasi paydo bo'ladi. Bunday tangalar hozirgi davrga kelib ko'plab topilgan. Shuningdek, Turk xokonlarining ma'murlari va amaldorlarining asosiy kismi sugdiylardan iborat ekanligi xam bejiz emas, albatta. sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo va g'arbiy Xitoy hududidagi sugd koloniyalari xam mavjud bo'lgan. Ular to'zilishi jihatidan xilma-xildir (yirik kasrlardan tortib kichik qishloqchalargacha). Manbalarning xabar berishicha ko'plab sugdliklar sharqiy Turkiston va Xitoyda yashaganlar. Ilk O'rta asrlardagi Sugdiyona tarixiga oid ma'lumotlar turli tillarda yaratilgan ko'plab manbalarda mavjud. O'rta Osiyoga 5 asrning O'rtalarida tashrif buyurgan Xitoy elchilari poytaxti Samarqand bo'lgan davlat to'g'risida ma'lumot berib utadilar. Xitoy manbalarida shuningdek 4 asrning oxirida Sude (taxminlarga karaganda Sugdiyona) davlatida hokimiyatni bir guruh kuchmanchilar kulgan olganliklari haqida ma'lumotlar berib utiladi. Olimlarning fikriga karaganda bu kuchmanchilar xioniylar bo'lgan. Ular asos solgan sulola 5 asrda xam xukmronlik kilgan. Sude davlatidan, 479 yildan sung esa Samarqand shaxridan Xitoyga ko'plab elchilar yuborilgan. 510 yildan boshlab elchilar endi eftalitlar davlatidan kelganlar. Olimlarning taxminlaricha bu elchiliklar asosan sugd savdogarlari karvonlaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.71 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.71 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga