Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, milliy davlatchiligimiz va ma'naviyatimizning ko'hna beshiklaridan biri bo'lgan, noyob tarixiy-me'moriy obidalar, muqaddas qadamjolarni o'z bag'rida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug' sanasini 2007 yilda Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bog'liq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g'urur va iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil 20 oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma'lumot uchun qabul qilinsin. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash haqidagi taklifi ma'qullansin.Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Respublika tashkiliy qo'mitasi tarkibi, tadbirlar dasturi 1- va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-2007 yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta'mirlash, ijtimoiy hamda kommunal sohasida xizmat ko'rsatishni rivojlantirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar dasturini 3-ilovaga muvofiq amalga oshirsin. O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida 2007 yil may oyida «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o'rni» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak saviyada o'tkazish, shu mavzu bilan bog'liq badiiy-tarixiy ko'rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop etish va keng yoritish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.Belgilab qo'yilsinki, xalqaro ilmiy konferensiyani o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar Respublika byudjeti hisobidan qoplanadi. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Respublika tashkiliy qo'mitasi yilning har choragida o'tkaziladigan majlislarida tadbirlar dasturining ijrosini ta'minlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga doir tadbirlar dasturini amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo'llab-quvvatlansin.O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag'ishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.Belgilab qo'yilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish tadbirlari hamda 2006-2007 yillarda tarixiy obidalarni ta'mirlash ishlari bilan bog'liq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni bajarishga mas'ul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning 2006 yilda shu maqsadlar uchun ko'zda tutilgan, shuningdek, 2007 yildagi byudjet parametrlarida rejalashtirilgan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.3 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.3 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:07 ]
Arxiv ichida: doc