Samarqand viloyati

Samarqand viloyati

O'quvchilarga / Geografiya
Samarqand viloyati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 50-mavzu: 1-ilovadagi jadvaldan Samarqand viloyati aholisining soni va may-donini aniqlang. Iqtisodiy geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Bu viloyat O'zbekistonning markaziy qismida joylash gan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo'yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o'rinlardan birida turadi (o'quv atlasdan mazkur viloyatning chegaralarini aniqlang). Tabiiy geografik o'rniga ko'ra Zarafshon vodiysining o'rta qismiga to'g'ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog'lari bilan o'ralgan. Tog' tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to'sadi. Yog'in ko'proq (250-800 mm) yog'adi. Sho'rxok maydonlar deyarli yo'q. Bo'z va o'tloq-alluvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi. Viloyat hududidan oqib o'tuvchi Zarafshon daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko'ra Zarafshon daryosi sug'orishga ehtiyoj katta bo'lgan yoz oylarida to'lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko'zlab, daryoning o'rta oqimida Kattaqo'rg'on suv ombori barpo etilgan. Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg'om ka-nalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo'jalikda to'la foydalanish bo'yicha O'rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug'orishga sarflanadi. Adirlar qisman haydalgan, unga g'alla ekiladi. Tog'larda yog'ingarchilik yetarliligidan o'tloqlar ham ko'p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. O'simliklarning o'sish davri cho'l bilan adirda bir vaqtga to'g'ri kelmasligidan qorako'l qo'ylarini yil bo'yi yaylovda boqish mumkin. Viloyat-ning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o'stirish uchun ham qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o'rik, shaftoli erta pishadi. Viloyatda mineral boyliklar ham ko'p. Bu yerda nodir metallar, binokorlik materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineral bo'yoqlar, asbest konlari topilgan (109-rasm). Xullas, viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o'rnidagi qulayliklar qatori tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi. Aholisi. Viloyat aholisining 35 qismi qishloqda ya shaydi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog'i mamlakatdagi o'rtacha ko'rsatkichdan kam bo'lsada, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo'jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko'zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashay­di. Bu yerlarda har bir kv. km ga 250 va undan ortiq kishi to'g'ri keladi. Adirlarda va tog'larda har bir kv. km ga 15-20 kishi to'g'ri keladi. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, bog'dorchilik, uzumchilik, go'sht-sut chorvachiligi, qorako'lchilik, ipakchilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat. Xo'jaligi. Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug'ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og'ir sanoat tarmoqlaridan mashi­na sozlik va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 199-yilda yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko'rsatadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.16 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.16 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga