Sangzor daryosining suv resurslarini baholash Sangzor daryosi havzasi O'zbekiston Respublikasida shardan g'arbga cho'zilgan Turkiston tog' tizmasining g'arbiy tarmog'i va shimoliy yon bag'irlarida joylashgan. Sangzor daryosi boshlanish qismida ikki tog' tizmasiga bo'lingan. Uning janubiy qismi - Chumqortog' deyiladi va Qoraqishlog' soyidan boshlanadi, sharqdan g'arb tomonga balandligi 3194 m. Daryoning ikkinchi qismi Molg'uzar tog' tizmasidan shimoli-g'arb tomon 2622 m balandlikdan Guralash soyidan boshlanadi. Sangzor daryosinig Qirq qishlog'ida daryoning suv yig'ilish maydoni F=570 km2 ga uzunligi esa L=40 km ga, o'rtacha balandligi No'rt= 2070 m ga, daryoning o'tracha nishabligi 0,44 ga teng. Daryo havzasinig boshlanish joyidan to quyilish joyigacha bo'lgan uzunligi 123 km va havza maydoni 2526 km2 ni tashkil etadi. Sangzor daryosi tog' oldi qismiga kelib ikki o'zanga bo'linadi. Biri Jizzah shahri tomon oqib Jizzah suv omborini to'ldirsa, ikkinchisi Sangzor daryosining eski o'zani orqali o'z suvini Aydarko'lga tashlaydi. Sangzor daryosining gidrografiyasini o'rganishda bizlar 1:2500 masshtabli kartadan foydalandik. Ushbu karta yordamida doimiy oquvchi daryolar, vaqtincha oquvchi daryolar va o'zani quruq daryolar uzunliklari aniqlandi. So'ngra daryo tarmoqlarining zichlik koeffitsiyenti d=Σ li Fi yuqorida aytilgan har bir daryo uchun (d1,d2,d3) aniqlandi. Zichlik koeffitsiyenti d ni aniqlashda birinchidan balandlik zonasidagi maydonlar Fi aniqlandi, so'ngra shu zonadagi daryolar uzunligi li hisoblandi. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, daryo tarmoqlarining o'zgarish koeffitsiyenti shimoliy yonbag'irda 0-2 kmkm2 ga teng bo'lib, maksimal miqdorlari 600-800 m va 1600-1800 m balandliklarda kuzatilgan. Janubiy yonbag'irlarda ham maksimal miqdorlar huddi shu balandliklarda kuzatiladi. Quruq o'zanli daryolarda maksimal zichlik koeffitsiyenti miqdorlari past zonalarda joylashgan. Shimoliy yonbag'irlarda quruq o'zanlar asosan vaqtincha yomg'ir suvlaridan hosil bo'ladi. 1-jadval Daryo tarmoqlari zichlik koeffitsiyentining balandlik bo'yicha taqsimlanishi Hozirgi vaqtda tog'li o'lkalarda oqim me'yori yoki o'rtacha ko'p yillik oqimni aniqlash bo'yicha oqim xaritalari mavjud. Oqim xaritalarini tuzush uchun esa ko'pincha oqim moduli yoki oqim qalinligi ishlatiladi. Jumladan Markaziy Osiyo tog' tizmalari uchun V.L.Shuls zonal modulni aniqlash uchun M0 = f (Ho'rt) bog'lanish grafigidan foydalanishni tavsiya qiladi. Olingan ma'lumotlar asosida Sangzor daryosida oqim modulining o'rtacha balandliklarida taqsimlanishi aniqlandi, olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Oqim modulinig balandlik bo'yicha taqsimlanishi Daryo oqimining o'rtacha ko'p yillik miqdori sifatida o'z ichiga tahminan baravar ko'p suvli va kam suvli yillarni kiritgan qator uchun hisoblangan o'rtacha arifmetik qiymat qabul qilinadi. Daryo oqimining o'rtacha ko'p yillik oqim qiymatini oqim me'yori deb qabul qilish uchun mazkur qatorning o'rtacha kvadratli xatoligini hisoblash kerak. Gidrologik hisoblarda o'rtacha kvadratli xatolikning qiymati 5-10% dan oshmasligi tavsiya qilinadi. Mazkur daryo bo'yicha o'rtacha yillik suv sarfi 1948-2004 yillar davri uchun 1,90 m3s ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.24 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.24 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:07 ]
Arxiv ichida: doc