Sanoat - milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog'i

Sanoat - milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog'i

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoat - milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog'i - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 11-mavzu: Mustaqillikkacha yurtimiz, asosan, paxtachilik va qorako'lchilikkagina ixtisoslashgan bo'lsa, endilikda O'zbekiston iqtisodiyoti yuzlab ixtisoslash-gan tarmoqlarga ega (19-rasm). Sanoat - milliy iqtisodiyotning moddiy ne'matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog'idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyoti sanoatga bog'liq. Sanoatning rivojlanishi bilan yangi aholi punktlari, transport yo'llari vujudga keladi. Qishloq xo'jaligi, qurilish, savdo-sotiqning taraqqiyot darajasi o'sadi, sanoatning rivojlanishi bilan tabiatdan foydalanish ham jiddiy o'zgaradi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari sanoat ham turli joylardagi korxona (zavod, kon, elektr stansiya kabi)lardan iborat. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi davlat mulki bo'lib keldi va bugungi kunda ular xususiylashtirilmoqda. Xususiylashgan sanoat korxonalari bozor munosabatlariga xos talab va taklif asosida ishlaydi. Bu jara yon sanoatning rivojlanish dinamikasiga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Hоzirgi vaqtda O'zbеkistоn sanоatida gaz qazib chiqarish, rangli mеtallurgiya, mashinasоzlik va mеtallga ishlоv bеrish, yеngil va оziq-оvqat sanоatlari yеtakchilik qilmoqda (20-rasm). Sanoat, qishloq xo'jaligi va transportning hududiy joylashuviga bir qator omillar ta'sir etadi. Shulardan eng muhimi fan-texnika kashfiyotlaridir: energiya va xomashyoning yangi turlari, yangi texnologik jarayonlar, yangi transport vo-sitalaridan foydalanish orqasidan ishlab chiqarishni joylashtirish tamoyillari ham takomillashadi. Korxonalar xomashyo, yoqilg'i, energetika, suv va hatto ishchi kuchi (inson omili)dan foydalanishi bo'yicha ko'p xomashyo, ko'p energiya talab, ko'p suv va ko'p mehnattalab sifatlarda guruhlanadi. Ularning har biriga xos tayanch korxona doirasida o'nlab mayda korxonalar ishlab chiqarish bo'yicha aloqador bo'ladi. Buni ishlab chiqarishning kombinat shakli deyiladi. Korxonalar har xil kattalikda bo'ladi. Masalan, aksariyat tikuvchilik korxonalari birgina binoga joylashsa, neftni qayta ishlash va metallurgiya kombinatlari kabi korxonalar o'rtacha kattalikdagi shahar maydoniga teng hududni egallaydi. Texnika taraqqiyoti davrida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqarishni markazlashtirishdan foydalanildi. Ishlab chiqarishning markazlashuvi - ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to'planishi. Biroq o'tgan asrning o'rtalarida vujudga kelgan ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakli endilikda ijtimoiy va ekologik muammolarning kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi qishloqlarda yashaydi. Qishloq aholisini ish bilan ta'minlash uchun ixtisoslashgan korxonalarni ko'proq qishloq joylarda barpo qilgan ma'qul. Shu bois, ulkan kombinatlardan ko'ra tor ixtisosdagi o'rtacha hamda kichik korxonalar barpo etishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida ixtisoslashuv, ya'ni ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli vujudga keladi. Ixtisoslashgan korxonalarda ishchilarning mehnat malakalaridan yaxshiroq foydalaniladi, mahsulot birligiga qilinadigan sarf kam bo'ladi va pirovard natijada mehnat unumdorligiga erishiladi. Bunday ixtisoslashgan korxona o'ziga xomashyo, detallar, mashina qismlari va boshqalarni yetkazib beradigan boshqa korxonalar bilan kooperativlashuv aloqalarini o'rnatadi. Kooperativlashuv (hamkorlik) - tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli. Ixtisoslashuv va kooperativlashuv ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi. Fan-texnika kashfiyotlarini ishlab chiqarishga peshma-pesh tatbiq qilish uchun ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 926.7 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 926.7 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga