Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish

Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish - rasmi

Material tavsifi

Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish Sanoatni joylashtirish tamoyillari Sanoatni mamlakat hududida oqilona joylashtirish - jamiyat qurilishining eng muhim vazifalaridan biri bo'lib, Respublika va har bir iqtisodiy rayon xalq xo'jaligini yuqori darajaga ko'tarish va rivojlantirishning zaruriy shartidir. Malumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar va uning eng muhim elementi bo'lgan sanoatni joylashtirishning asosiy qonuniyatlari ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi. Shu sababliz hozirgi bozor munosabatlarini shakllantirishda, uning barcha tarmoqlarini joylashtirishda iqtisodiy islohotni davlat amalga oshirmoqda va bu uning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda uni amalga oshirish milliy iqtisodiyotimizning hozirgi holati va strategik vazifalari bilan belgilanadi. Sanoatni joylashtirish Sanoatni joylashtirish deganda, uni yer shari hududida, shuningdek, ayrim mamlakat yoki iqtisodiy rayonlarda taqsimlanishi tushuniladi. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish shakllarini ifodalaydi va korxona (firma)larni ma'muriy va iqtisodiy rayonlarda joylashtirishda namoyon bo'ladi. Milliy iqtisodiyotning bu real sektorini joylashtirish ham bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Ijtimoiy mehnat taqsimoti unsuri bo'lgan hududiy mehnat taqsimoti (HMT) soddaroq qilib aytganda, turli joylarning: mamlakat yoki viloyatlar, tumanlar, shaharlarning har xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «bashorati» shakllanadi va ularning hududiy tizimdagi o'rni o'z ifodasini topadi. HMT keng manoda - bu ishlab chiqarish soha (tarmoq)larini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi, mehnat va boshqa resurslari kabi hamda mintaqa bozorining hajmi, aholisining sotib olish qobiliyati, infratuzilma va komunikatsion tizimining rivojlanganlik darajasi kabi omillarga qarab joylashtirilishini nazarda tutadi. Sanoat ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish - kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini yuqori suratlarda amalga oshirish, mamlakat tabiiy boyliklaridan har tomonlama samarali foydalanish va buning natijasida ijtimoiy mehnat unumdorligini yuksaltirish, har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish, mamlakat barcha iqtisodiy hududlarini bir tekis rivojlantirish, shahar va qishloq hamda sanoat va qishloq xo'jaligi o'rtasidagi tafovutni yo'qotish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Sanoatning oqilona joylashishi transport va qishloq xo'jaligining joylashishiga hamda yangi shahar va qishloqlarning paydo bo'lishiga, ayrim iqtisodiy hududlarning muayyan mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashuviga olib keladi. Sanoatni iqtisodiy hududlar bo'ylab joylashtirish ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish jarayoniga uzluksiz erishish, tejamkor ijtimoiy mehnat unumdorligi o'sishi hamda aholining moddiy va madaniy faravonligi ko'tarilishi sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi mezonidir. Ishlab chiqarishni joylashtirishning fundamental tamoyillari mavjud bo'lib, ular ishlab chiqarish kuchlarini, xususan, sanoatni mamlakat bo'yicha oqilona joylashtirish, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: sanoat ishlab chiqarishini avvalambor xomashyo, yoqilg'i-energetika manbalariga yaqin va nihoyat, sanoat mahsulotlarini iste'molchi hududularga tobora yaqinroq joylashtirish; iqtisodiy hududlar o'rtasida mehnatni oqilona taqsimlash va iqtisodiy hududlar xo'jaligining majmuali rivojlanishini ta'minlash; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 163.53 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 163.53 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga