Sanoat rivojlanishi va hududiy tashkil qilinishida tabiiy sharoitning tutgan o'rni Reja: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy tamoyillari Tabiiy sharoit va agroiqlimiy resurslarning sanoat tarmoqlarini hududiy joylashtirishdagi ahamiyati. Xalq xo'jaligining tarmoqlari o'z-o'zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki ma'lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishga asos bo'ladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish ma'lum qonuniyat, tamoyil va omillar asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar eng avvalo, omillarning o'zaro aloqadorligi, ishlab chiqarish, korxona va tarmoqlarining ma'lum hududiy va texnologik majmua shaklida tashkil etilishi, bu tarmoqlar rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor iqtisodoyitiga o'tish davrining o'zining qonuniyatlari ham mavjud. Ishlab chiqarishga nisbatan iste'mol, taklifga ko'ra talabning ustunligi, erkin raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy makonning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek bu davrda vaqt va mablag'dan unumli foydalanish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlovchi sohalarni jadalroq rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslarini ishga solish, mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish ham katta ahamiyatga ega. Albatta, bu borada ishlab chiqarishni xomashyo bazasiga, elektr manbai va iste'mol rayonlariga yaqinlashtirish tamoyili o'z kuchini saqlab qoladi. Biroq, barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini bir vaqtning o'zida ham xom ashyo, ham ishchi kuchi, ham iste'mol rayoniga yaqinlashtirish qiyin. Binobarin, bu tamoyilni har xil tarmoqqa nisbatan aniq qo'llash talab qilinadi. O'tish davrida barcha hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish tamoyili avvalgidek, talqin qilinmaydi. Qolaversa, bu davrda mintaqalararo tafovut saqlanib va hatto biroz kuchayib borishi mumkin. Shu bois davlatning mintaqaviy siyosati bu farqni iloji boricha qisqartirishga yo'naltiriladi. Bunday hududiy nomutanosibliklarning o'ziga xos rivojlanish omili sifatida-hududiy raqobat ma'lum darajada saqlanib qolinishining sababi shundaki, bir vaqtning o'zida barcha tarmoqlarni bir darajada rivojlantirish also mumkin emas. Xuddi tarmoqlar tarkibida bo'lganidek, ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasida ham rivojlanish navbatma-navbat, ustivorlik tamoyili, raqobat asosida olib boriladi. Tabiiyki, iqtisodiyot tarmoqlari hamda mintaqalarning rivojlanishi turli xil omil va sharoitlarga ham bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg'i, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste'mol va transport, iqtisodiy geografik o'rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ekologiya, ilmy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi roli ham oshib bormoqda. Ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar juda ko'p. Modomiki bu omillar ko'p ekan, demak, - ularning ta'sir darajasi har xil bo'ladi; - bu omillarni guruhlash talab etiladi; - omillar va ishlab chiqarishni joylashtirishni o'rganishda kompleks yondashuv zarur. U yoki bu omilning ta'sir darajasi uning mahsulot chiqarishdagi solishtirma og'irligi bilan o'lchanadi yoki ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.95 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.95 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:08 ]
Arxiv ichida: doc