Sanoat rivojlanishining ijtimoiy - iqtisodiy omillari

Sanoat rivojlanishining ijtimoiy - iqtisodiy omillari

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoat rivojlanishining ijtimoiy - iqtisodiy omillari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat rivojlanishining ijtimoiy- iqtisidiy omillari Reja: Xom ashyo omili 2. Elektr energetika omili 3. Aholi va mehnat resurslari omili 4. Transport omili 5. Ekologik omil 6. Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili 7. Bozor iqtisodiyoti omili Xom ashyo omili Tabiiyki, mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko'proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sanoatning barcha tarmoqlari, masalan, tog'-kon, o'rmon, baliqchilik o'z-o'zidan ma'lumki xom ashyo bo'lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan bog'liq. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi biroz murakkabroq. Masalan, 1 tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna xom xom paxta, 1 tonna paxta yog'i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna shakarga 7 tonna qand lavlagisi ishlatiladi. 3-jadval Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi omillar Izoh: + + hal qiluvchi ta'sir, + kuchli ta'sir Mineral o'g'itlar ichida kaliy o'g'itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom xom ashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko'p miqdorda kaliy tuzi sarflanadi. Ayni paytda azot o'g'itini ishlab chiqaruvchi korxonalar ancha erkin joylashadi. Bunday korxonalar qora metallurgiya markazlariga, suv manbalariga yaqin, neft va gaz sanoati rivojlangan rayonlarda joylashtirilishi mumkin.Fosfor o'g'iti ishlab chiqaruvchi korxonalar xom ashyo va iste'mol rayonlarida joylashtiriladi. Xom ashyo sifatida appatit, fosforitlar xizmat qiladi. Shuningdek, bu o'g'itni ishlab chiqarishda oltingugurt kislotasi ham talab etiladi. O'zbekistonda azot yoki selitra -Chirchiq, Navoiy, Farg'onada, superfosfat- Qo'qon va Samarqandda, ammofos yoki azot va fosfor o'g'itlarining birikmasi- Olmaliqda ishlab chiqariladi. Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining joylashuvini o'ragnish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma boyliklarning ma'lum hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni kompleks tashkil qilishga, hududiy majmualarni shakllantirishga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning samaradorligini oshirishga sabab bo'ladi. Yoqilg'i- issiqlik elektr stansiyalari uchun hamda qora metallurgiya sanoatining dastlabki-cho'yan eritish bosqichini joylashtirishda xom ashyo asosiy rol o'ynaydi. Ammo uning ta'siri hamma vaqt ham yetakchi kuchga emas; issiqlik elektr stansiyalari yoki metallurgiya zavodlari ayrim hollarda iste'mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bu masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik stansiyalarini qurishga tegishlidir. Biroq qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil bo'lmaydi. Ma'lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydalidir, ya'ni ulardan deyarli shuncha cho'yan olish mumkin. 1 tonna cho'yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonna temir rudasi va 1,2 tonna kokslanuvchi ko'mir sarflanadi. Ammo bu o'rtacha raqam hamma joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.37 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.37 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga