Sanoat va atrof - muhit

Sanoat va atrof - muhit

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoat va atrof - muhit - rasmi

Material tavsifi

Sanoat va atrof-muhit 9-sing Geografiya darsligi asosida 18 § - mavzu Reja: 2 3 4 Sanoat - atrof-muhit 1 Tog'- kon sanoati Atrof-muhitning ifloslanishi Tabiiy resurslarni o'zlashtirish Sanoat - atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoat-ishlab chiqarishning salbiy ta'siri, asosan, ikki yo'nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o'rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) Ishlab chiqarish jarayonida. Tog'- kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o'zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko'p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog'- kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln. gektardan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta bo'lgan. Tabiiy resurslarni o'zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatilmoqda. Elektroenergetika sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan «toza»roq hisoblansa-da, to'g'on, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy muvozanatning buzilishiga, aholi yashab kelgan yoki o'rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo'ladi. Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi. Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisoblanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini oltingugurt gazi (SO 2), azot oksidi (NO), is gazi (CO), benzopirin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg'isi asosida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma'lumotlarga ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni oltingugurt gazi bilan 2 barobar, tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko'proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar, havoga chiqarib yuboriladigan kata miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo'lib turadigan faloqatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o'xshash faloqatlar, tom ma'noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga