Sanoat va ekologik muammolar 8-sinf geografiya darsligi asosida 23-mavzu: Sanoat tabiatga katta ta'sir ko'rsatuvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi xo'jalik tarmog'i hisoblanadi. Chunki sanoat tabiiy xomashyoni olish va uni qayta ishlashdan to yakuniy mahsulotga ega bo'lguncha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi, shuningdek, ushbu jarayonga sanoat chiqindilarini atrof-muhitga tashlanishi ham kiradi. Sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga ta'siri yo'nalishiga ko'ra farqlanadi: atmosferaning ifloslanishiga ta'sir qiluvchi tarmoqlar: issiqlik ener-getikasi, metallurgiya, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish; suv resurslarini ifloslanishiga ta'sir qiluvchi tarmoqlar: kimyo, neft-kimyo sanoati, yog'ochni qayta ishlash, ko'mir, sut-go'sht sanoati; yer resurslarini ifl oslanishi va buzilishiga ta'sir qiluvchi tarmoqlar: tog'-kon sanoati va qurilish mollarini ishlab chiqarish sanoati va boshqalar. Bugungi kunda atrof-muhitni asrab qolishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar sanoatning ekologizatsiyasi deb atala boshlangan. Sanoat korxonalarini joylashtirishda ekologik omillarni hisobga olish. Odatda, sanoat korxonalarini joylashtirishda xomashyo, yoqilg'i, transport, energetika, suv va mehnat resurslari kabi bir qator an'anaviy omillar inobatga olinadi. So'nggi 10 yilliklarda esa ular qatoriga eng muhim omil sifatida ekologik omil ham qo'shildi. Mazkur omil talablari quyidagicha bo'ladi: qurilishi rejalashtirilayotgan sanoat korxonasi o'z faoliyati davomida at-mosfera va atrof-muhitga yetkazadigan zarari oldindan bashoratlanadi; suv va yer resurslariga yetkaziladigan zarar, sanoat korxonasi faoliyati davomida chiqaradigan chiqindilar miqdori, bunday chiqindilarning utilizatsiyasi masalalari va utilizatsiya jarayonida atmosfera, suv, yer resurslariga yetkaziladigan zarar miqdori aniqlanadi. Ekologik omil ma'lum bir hududda ma'lum bir sohadagi sanoat turini ishga tushirish yoki tushirmaslikka to'laqonli asos bo'la oladi. Chunki iqtisodiy nuqtayi nazardan ma'lum sanoat korxonasi hududni rivojlantirishi mumkin bo'lsa-da, ekologik jihatdan u keskin salbiy natija berishi mumkin Har bir sanoat korxonasini joylashtirishdan oldin u yerda ekologik ekspertiza o'tkazilishi shartdir. Ekologik ekspertiza natijalariga ko'ra, qurilishi rejalashtirilayotgan sanoat korxonasidan olinadigan foyda buzilgan tabiatni tiklash va ushbu korxona faoliyati natijasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishga ketadigan sarf-xarajatlardan yuqoriroq bo'lsagina, bunday korxonaga faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi. Metallurgiyaning atrof-muhitga ta'siri. Mеtallurgiya majmuasi mamlakatimizda tеz rivojlanayotgan sohalardan biri bo'lishi bilan birgalikda atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchilardan ham hisoblanadi. Mеtallurgiya tabiiy majmualarning barcha tarkibiy qismlariga ta'sir etadi. Tog'-kon sanoati tuproq qatlamini buzib, landshaftlarning «yo'qolishiga» sabab bo'ladi. Mazkur sanoat tufayli katta karyеrlar va yеr ostida g'orlar paydo bo'lmoqda. Ular bosib qolish va antropogеn yеr silkinishi хavfini tug'diradi. Ko'p yеrlarni mеtallurgiya chiqindilari egallab yotibdi. Boyitish fabrikalarida ishlatilgan suvni oqar suvlarga tashlash ushbu suvlarni yaroqsiz holga olib kеlmoqda. Mеtallurgiya zararli moddalarning ko'p miqdo-rini atmosfеraga chiqaradi. Jumladan, gaz qoldiqlari (oltingugurt va boshqalar), tarkibida mеtall bo'lgan chang va boshqa elеmеntlar juda хavflidir. Bularning barchasi atrof-muhitda tеmir, qo'rg'oshin, mis, simob miqdorining ko'payishiga olib kеladi. Ular tuproq, o'simlik va hayvonlar tanasida yig'ilib, inson ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:08 ]
Arxiv ichida: ppt