Sanoat va qishloq xo'jaligining iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati Reja: Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning tutgan o'rni. Qishloq xo'jaligi milliy iqtisodiyotning ustivor yo'nalishi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko'p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo'lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg'i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi. O'zbekiston O'rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy-geografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi. Respublikamiz iqtisodiyoti o'zining ma'lum tarixiga ega. Sobiq SSR mavjudligida hayotning barcha jabhalari, shu jumladan iqtisodiy hayot markaz tomonidan tartibga solinib turilar edi. Respublika uchun dolzarb bo'lgan muammo-masalalarni o'z erki bilan hal etish huquqidan mahrum edi. Qator asosiy boyliklarimiz, jumladan oltin, paxta kabilarning taqdiri markaz ixtiyorida bo'lgan. O'sha davrda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida nomutanosiblik vujudga keldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o'tilgan kamchilik-nuqsonlarni tugatish borasida muhim chora-tadbirlar amalgam oshirildi. Hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Ma'lumki, bozor iqtisodsiyotiga o'tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro'y beradi va asta-sekin rivojlanib boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har biri bu borada o'ziga xos ayrim xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo'jalik tarkibi va yo'nalishi, mamlakatning geografik o'rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari, milliy-urf odatlar, aholi an'analari bilan belgilanadi. Aytib o'tilgan ana shu omillar e'tiborga olinib Respublikamizda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos modeli shakllantirilgan. Ushbu modelning eng asosiy tomonlari mamlakatimiz Prezidenti asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlarida o'z aksini topgan. Bozor iqtisodiyoti talablari asosida Respublikada o'rta va kichik biznes faoliyati, tadbirkorlik, ishbilarmonlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelmoqda, ishlab chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng rivojlanmoqda. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi ustivor masalalarni hal etish, ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda aholi farovonligini ko'tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini bermoqda. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo, uning tarkibidagi sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sanoat shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bo'lgan paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil topdi va rivojlandi. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o'ta boorish tufayli Respublika sanoat tarmoqlari asta-sekin takomillashib, o'zaro bog'langan majmua shaklini olmoqda.O'zbekiston sanoati Respublikada mavjud ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.72 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.72 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:08 ]
Arxiv ichida: doc