Sanoatda ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish muammolari Reja: Sanoatning hududiy va ijtimoiy tashkil qilish shakllari. Mujassamlashuv va uning ta'rifi. Ixtisoslashuvning hozirgi sharoitdagi ahamiyati. Kooperatsiyaning kombinatlashuvdan asosiy farqi. O'zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqilligi uning milliy iqtisodiyotini mustahkamlashni taqozo etadi. Bu borada mamlakatimiz o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Chunonchi, qulay agroiqlimiy sharoitlar, har xil xom ashyo va ma'danlarga boy zaxiralar, meqnat resurslarining ko'pligi va xalqimizning tarixiy shakllangan an'ana va udumlari Respublikaning siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, o'tish davrining obyektiv qiyinchiliklari O'zbekistonda bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. Ayni paytda bunday qiyinchiliklar ayrim «ittifoqdosh» Respublikalarda ancha keskin tus olmoqda. SSR parchalanishi tufayli gorizontal iqtisodiy aloqalarning buzilishi, ishlab chiqarish kooperatsiyasining o'ta katta hududda, markazlashtirilgan holda tashkil etilganligi va «Butunittifoq mehnat taqsimotidagi» kamchiliklar ana shunday oqibatlarga olib keladi. Bozor munosabatlarigi o'tish ilgari mavjud bo'lgan sotsialistik ishlab chiqarishning qator g'oya va tushunchalaridan qatiylik bilan voz kechishni talab qiladi. Endigi sharoitda mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish va shu asosda erkin raqobat muhiti va ko'p qatlamli iqtisodiyot tizimini joriy etish katta aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va mulkchilikning nodavlat shakllarini rivojlantirish ko'proq va ildamroq qishloq xo'jaligida amalga oshiriladiki, bu ham bo'lsa mamlakatimiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tishining o'ziga xos xususiyatini ifodalab beradi. Masalan, mavjud ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistonda yaratilgan sanoat mahsulotining deyarli 23 qismi nodavlat sektoriga to'g'ri kelsa, bu ko'rsatkich qishloq xo'jaligida 97-98 foizga barobardir. Siyosiy mustaqillikni iqtisodiy mustaqilliksiz tasavvur etib bo'lmasligi hammaga ayon. O'z navbatida iqtisodiy barqarorlik va mustaqillik, eng avvalo, oziq-ovqat (jumladan, don yetishtirish) hamda yoqilg'i-energetika va yo'l mustaqilligini ta'minlashsiz amalga oshmaydi. Aynan shu xususda Respublika rahbariyati tomonidan tegishli va muhim zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor munosabatlariga o'tish davrida sanoatning ijtimoiy tashkil etish shakllarida sezilarli o'zgarishlar bo'lishi aniq. Jumladan, konsentratsiya (mujassamlashuv) hozirgi sharoitda keskin o'zgaradi. Bunday o'zgarish bevosita yoki sof holdagi ishlab chiqarish mujassamlashuviga ham, shuningdek, uning hududiy shakliga ham taalluqlidir. Ma'lumki, ilgari yirik sanoat korxonalarini qurish an'ana bo'lib qolgandi. Xuddi shunday ulkan korxonalar bizning Respublikamizda ham qurilgan edi. Hozirgi kunda bunday ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan bog'liq bo'lgan muammolar jiddiy tus olmoqda. Chunonchi, «Ishlab chiqarishni hudud bo'ylab planli va proporsional rivojlantirish va joylashtirish» bo'yicha sotsialistik tuzumdagi tamoyil o'z kuchini yo'qotish bilan bir xil yo'nalishdagi sanoat korxonalari ko'pgina viloyatlarda qurila boshlandi (avvallari bunday korxonalar faqat ayrim joylarda bo'lardi, xolos). Buning asosida o'ziga xos hududlararo erkin va sog'lom raqobat vujudga keldiki, bu ham bozor munosabatlariga tegishli bo'lgan belgidir. Biroq, bunday raqobat muhitini shakllanishi natijasida mavjud yirik korxonalarni xom ashyo bilan to'la va uzluksiz ta'minlash tartibi biroz buzildi. Oqibatda, ko'pgina ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:08 ]
Arxiv ichida: doc