Sanoatning mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va o'rni

Sanoatning mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va o'rni

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoatning mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va o'rni - rasmi

Material tavsifi

Sanoatning mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va o'rni (Andijon viloyati misolida) Andijon viloyatida sanoatning barcha og'ir, yengil va oziq-ovqat tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Ma'lumki, moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog'i sanoatda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste'mol tovarlarining asosiy qismi yaratiladi. Mustaqillik yillari viloyat sanoati tarkibida muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. Sanoat, ayniqsa uning ilg'or tarmoqlari hisoblangan mashinasozlik va metalni qayta ishlash va yengil sanoati jadal rivojlandi. Sobiq Ittifoq davrida Andijonda irrigatsiya mashinasozligining yirik korxonalari birpo etilgan edi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida ma'lum qiyinchiliklar tufayli ularning ayrimlari inqirozga uchradi, ba'zilari rekonstruksiya qilinib, boshqa sohalarga, birinchi navbatda avtomobilsozlik sanoatiga ixtisoslashtirilmoqda. Viloyatda 2007 yil 2136.7 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu esa Respublika yalpi sanoat mahsulotining 11.7 % ini tashkil etadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2006 yilga nisbatan 119.2 foizga ko'paydi. Viloyatda ishlab chiqarilgan yalpi sanoat mahsulotining 90 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari korxonalari tomonidan, faqat 5.0 foizi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga to'g'ri keldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo'lishi mahalliy aholining hayoti va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan birga qo'shni davlatlar ichki bozorlariga raqobatbardosh, iste'mol talablarini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berdi. Shu o'rinda mintaqada zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishga va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishiga keng yo'l ochib berilganligi o'zining ifodasini topmoqda. Mintaqa sanoatining yaxshi rivojlangan sohalaridan biri mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoatidir. Mashinasozlik og'ir sanoatning eng yirik tarmog'i hisoblanadi. Ushbu sanoat tarmog'ida 2007 yilda jami sanoat mahsulotlarining 79.8 foizi yaratildi. Mintaqada kimyo va neft kimyosi sanoati ham rivojlanib bormoqda. Ushbu sanoat turi 2007 yilda jami sanoat mahsulotining 2.7 foizini tayyorladi. Mustaqillik yillarida yengil sanoat tarmog'ida iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2007 yilda bu sanoat tarmog'ida 215.6 mlrd.so'mlik yoki jami sanoat mahsulotining 10.1 foizi yaratildi. Ko'pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi. Yengil sanoat tarmoqlari orasida paxta tozalash sanoati yetakchi o'rinda turadi. Uning asosiy mahsuloti-paxta tolasini tayyorlashdan iborat. Viloyat 2007 yilda 85.3 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqardi. Bu ko'rsatkichni 2010 yilda 100.2 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Mintaqada to'qimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari-dan biri jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama chiqarishni ko'paytirishdan iborat. Shu maqsadda keyingi yillarda zamonaviy asosan chet el investitsiyalari hisobiga to'qimachilik majmualari qurilishiga katta e'tibor qaratilmoqda. Mintaqa zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarmog'iga go'sht-sut, yog'-moy, un-yorma, non mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, aroq-vino, chanqoqbosdi ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari kiradi. 2007 yilda oziq-ovqat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.22 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.22 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga