Saudiya Arabistoni podshohligi Reja: Geografik o'rni va chegeralari Tabiiy sharoiti va resurslari Tarixi. Davlat tuzumi. Aholisi va mehnat resurslari Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli Sanoati. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti deyarli neft hisobidan Qishloq xo'jaligi Transporti. Saudiya Arabistoni singari buyuk davlat uchun transport Tashqi iqtisodiy aloqalari. O'zbekiston va Saudiya Arabistoni munosabatlari Ichki tafovudlari. Tayanch so'z va iboralar: cho'l; chala cho'l; yassi tog'; pasttekislik; neft; iqlim mintaqasi; teokratik monarxiya; iqtisodiy faol aholi; yengil sanoat; neft quvurlari; iqtisodiy rayon. Geografik o'rni va chegeralari. Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko'rfazidagi sohilbo'yi orollarini o'z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (22km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G'arbda Qizil dengiz va Akaba ko'rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko'rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo'yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o'rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.00km².dan 2.200.00km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Saudiya Arabistoni relyefiga ko'ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog' tizmalari, ichki cho'l yassitog'lik hududi-Najd, Shammar yassitog'ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho'llari, sharqiy sohilbo'yi pasttekisligi-Al-Xasa. Mamlakatning eng chekka g'arbida Qizil dengiz va Xijoz tog' tizmasi oralig'ida dengiz bo'yi qumli cho'l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko'rfazida 7km.gacha kamayadi. Arab ko'rfazidan to Yaman Respublikasigacha Xijoz tog' tizmasi va uning janubda davomi bo'lgan Asir tog' tizmasi cho'zilgan. Xijoz tog'ining balandligi turlicha, o'rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog' tizmalarining balandligi 800-100m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog'larning balandligi keskin ko'tariladi, Asirda 300m.gacha yetadi. Eng baland cho'qisi Saud tog'i 3133m.Bu yerda ba'zi bir cho'qqilar qishda qor bilan qoplanadi. Markaziy yassitog'lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko'tarilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo'nalishda pasayib boradi. Shammar tog'i Najdning shimoli-g'arbiy chekkasida ko'tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo'lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi. Katta Nefud cho'li(Qizil cho'l) Shammar tog'idan shimoli-g'arbda joylashgan. Maydoni 6700km². Cho'lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo'lgan. Cho'l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi. Toshloq cho'l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo'lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi. Rub-al-Xali cho'li katta cho'kmada joylashgan. Cho'lning uzunligi janubi-g'arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho'zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
302.09 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
302.09 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:09 ]
Arxiv ichida: doc