Shahar va aholi punktlari yer uchastkalarining kadastr syomkalarini bajarish haqida Malumki, hozirgi kunda Respublikamizda mustaqil O'zbekistonda yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo'lgan huquqni ro'yxatga olish Milliy tizimini shakllantirish va uni rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda. Bunda ko'chmas mulk huquqini ro'yxatga olishni hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan sistemasini tuzish talab qilinadi. Huquqni ro'yxatga olishni avtomatizatsiyalashda eng asosiy bosqichlardan biri kartografik ma'lumotlar bazasining manbai, mazmuni va texnik talablarni belgilashdir. Kartografik ma'lumotlarni yig'ishda turli manbalardan foydalanish mumkin. Bulardan biri hududlarni mavjud konturli yoki topografik plan va kartalaridan foydalanishdir. Shu maqsadda ular skanerlanib rastrli elektron variantlari tuzilib tezkor holatda mulk huquqini ro'yxatga olishda qo'llanilishi mumkin. Lekin rastrli plan va kartalar kadastr ishlarini avtomatizatsiyalash talabiga to'la javob bera olmaydi. Shu sababli vektorli formatdagi plan va kartalarni tuzishga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi tizimida raqamli plan va kartalarni tuzishda Autocad kompyuter dasturi o'zlashtirilmoqda. Uning asosiy maqsadi yer uchastkalari kadastr syomkasi natijalarini ishlab chiqib kadastr raqamli plan va kartalarini tuzish hamda mulkni ro'yxatga olishning avtomatizatsiyalashgan tizimini tashkil qilishdir. Aholi yashash punktlaridagi yer uchastkalarining kadastr syomkasini bajarish bo'yicha Qo'llanma [2] da ko'rsatilishicha Respublikamiz katta shaharlarining markaziy qismida joylashgan yer uchastkalarining kadastr syomkasi 1: 500, shahar atrofi va aholi punktlarida esa 1: 500 - 1: 100 masshtablarda bajarilishi kerak. Bunda har bir yer uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari joyda belgilar (marzalar) bilan mahkamlanib ularning koordinatalari mahalliy sistemada aniqlanishi kerak. Buning uchun chegara nuqtalari orqali teodolit yo'li o'tkazilib joyda mavjud geodezik asos punktlariga bog'lanadi va koordinatalari hisoblanadi. Chegara nuqtalarining koordinatalari joy sharoitiga qarab qutbiy koordinatalar usulida ham aniqlanishi mumkin. O'zbekiston shahar va qishloqlarining eski qurilgan qismida yer uchastkalarining shakli oddiy geometrik shakl va o'lchamlarga to'g'ri kelmaydi. Ular chegaralari eng uzun tomonini eng kaltasiga nisbati me'yorga to'g'ri kelmaydi; tomonlari egri va siniq chiziqlardan iborat bo'lib, o'zaro o'tmas va o'tkir burchaklar ostida tutashgan; chegara nuqtalarning bir - biridan ko'rinishi to'la mavjud emas. Bularning hammasi syomka ishlarini murakkablashtiradi va aniqligini pasaytiradi. Bu maqsadda GPS priyomniklarini qo'llash qoniqarli natija bermaydi, chunki joydagi daraxt, baland bino va inshootlar yo'ldosh signallariga to'siq bo'lib o'lchash aniqligini pasaytiradi. Elektron taxeometrlarni qo'llash uchun esa chegara nuqtalarining o'zaro ko'rinishi ta'minlangan bo'lishi zarur. Umuman, bu masalalar bo'yicha aniq ma'lumot olish uchun namunaviy hududlarda tajriba - tadqiqot kadastr syomkalarini bajarish va ular asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqishni zarur deb hisoblaymiz. Malumki, yer uchastkasining maydoni uni chegara nuqtalarining koordinatalari bo'yicha hisoblanadi. Demak, maydonni hisoblash aniqligi koordinatalar aniqligiga bevosita bog'liqdir. Keyingi vaqtda yer uchastkalarining maydonini hisoblash aniqligiga talab tobora oshib bormoqda. Bu esa geodezik o'lchashlarni ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → rtf
Fayl hajmi
30.43 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:09
Arxiv ichida: rtf
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → rtf
Fayl hajmi
30.43 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:09 ]
Arxiv ichida: rtf