Shamollar va havo massalari

Shamollar va havo massalari

O'quvchilarga / Geografiya
Shamollar va havo massalari - rasmi

Material tavsifi

Shamollar va havo massalari 5-sing Geografiya darsligi asosida 26 § - mavzu Nega shamol bo'ladi? Havoning tinch turgan vaqti juda kam bo'ladi. Yozda kunduz kuni ko'l, daryo bo'yida, daraxtzor yoki dala chekkasida o'tirsangiz, shamol esayotganini albatta sezasiz. Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi. Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib, kengayadi va bosim kamayadi, past bo'ladi. Ko'l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Havo bosimi katta, yuqori bo'ladi. Natijada ko'l va dengiz ustidagi havo quruqlikka tomon harakatlanadi, ya'ni shamol bo'ladi. Kechasi quruqlik tez soviganidan havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi. Shunday bir kecha-kunduzda o'z yo'nalishini ikki marta o'zgartirib turadigan shamolga briz shamoli deyiladi. Kunduzi Tunda 760 mm simob ustuni Shamol yo'nalishi 12°C 762 mm simob ustuni Dengiz Quruqlik 15°C Quruqlik Dengiz 762 mm Shamol yo'nalishi 10°C 761 mm simob ustuni 16°C 53-rasm. Kunduzgi va tungi briz. Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Mussonlar. Katta quruqliklar - materiklar yozda atrofidagi dengizlarga qaraganda ko'proq isib ketadi, havo bosimi pasayadi. Dengizlarda esa havo bosimi yuqori bo'ladi. Mana shunday bir yilda o'z yo'nalishini ikki marta o'zgartiradigan shamollarga musson shamollari deyiladi Butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Musson shamollari Sharqiy va Janubiy Osiyoda kuchli bo'ladi. Yozda musson shamollari dengiz ustidan sernam havo keltirgani uchun ham yog'in ko'p yog'adi. Passat shamollari. Yerning shakli sharsimon bo'lganligi va uning o'z o'qi atrofida aylanishi natijasida Yer yuzida yuqori va past bosimli mintaqalar hosil bo'ladi (54-rasm). Shim. qutb Yuqori bosim Past bosim Yuqori bosim Past bosim Yuqori bosim Past bosim Yuqori bosim Jan. qutb 65° 30° 0° Ekv. 30° 65° 54-rasm. Doimiy yuqori va past bosim mintaqalari. O'rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham doim g'arb tomondan shamollar esib turadi. Bular G'arbiy shamollar deyiladi. Bizning mamlakatimiz - O'zbekistonga yog'inlarni shu shamollar olib keladi Shim.-sharqiy shamollar G'arbiy shamollar Passat shamollari Passat shamollari G'arbiy shamollar Jan.-sharqiy shamollar 55-rasm. Yer yuzida doimiy esadigan shamollarning yo'nalishi. Shamolning yo'nalishi va kuchini aniqlash. Shamol yo'nalishini oddiy bayroqcha yordamida yoki mo'rilardan chiqayotgan tutun yo'nalishiga qarab ham aniqlasa bo'ladi. Shamol qayoqdan kelayotgan bo'lsa, ufqning o'sha tomoni nomi bilan ataladi. Shamol yo'nalishini aniqlash Esayotgan shamol yo'nalishi fluger deb ataladigan asbob bilan to'g'ri aniqlanadi (56-rasm). Fluger strelkasi doim shamol kelayotgan tomonga qarab turadi. 56-rasm. Fluger. Havo massalari nima? Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko'ra bir-birlaridan farq qiladigan katta qismlari havo massalari deyiladi. Ular juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.58 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.58 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga