Shamollar va ularning turlari Reja: Kirish. I bob. Yerning barik maydoni. 1.1. Barik maydonning bir xil bo'lmasligiga va havo massalarining sirkulyatsiyalariga ta'sir ko'rsatuvchi sabablar. 1.2. Gorizontal barikgradiyent. 1.3. Havo massalarining geografik tiplari. II bob. Shamollar va ularning turlari. 2.1. Shamollarning hosil bo'lishi. 2.2. Doimiy shamollarga ta'rif. 2.3. Mahalliy shamol turlari va tasnifi. 2.4. Shamollarning ahaniyati. Xulosa Havo massalarining katta bosimli joylardan kichik bosimli joylarga yer sirtiga nisbatan gorizontal ravishda ko'chishiga shamol deb aytiladi. Shamol ikki joy orasidagi atmosfera bosimlarining farqi, ya'ni bosim gradient yoki barik gradient ta'sirida vujudga keladi. Barik gradienti bosimlar farqining o'lchovi va havo oqimi kuchining ko'rsatkichidir. Shamol tezligi barik gradientga to'g'ri mutanosib, ya'ni ikki joydagi atmosfera bosimlari farqi qanchalik katta bo'lsa, shu oraliqda shamol tezligi ham shunchalik kuchayadi. Shamol yo'nalishi va tezligi bilan xarakterlanadi. Shamol yo'nalishi ufqning shamol esayotgan tomonidan boshlab aniqlanadi. Masalan, shamol shimol yoki g'arbdan esganida shimoliy yoki g'arbiy shamol deyiladi. Shamol yo'nalishini rumblar yoki graduslar yordamida ko'rsatiladi. Shamol yo'nalishini rumblar bilan ko'rsatishda ufq har birining orasida 22,50 bo'lgan 16 ta rumbga bo'linadi Rumblarni belgilash uchun dunyo tomonlarining bosh harflari qabul qilingan. Masalan, shimol Sh, janub J, g'arb G', sharq Shq. Ularning oralig'idagi rumblar asosiy rumblar yordamida belgilanadi. Masalan, shimoli-sharqiy, janubi-g'arbiy va h.k. Agar rumb janub bilan janubi-g'arb orasida bo'lsa, shamolning yo'nalishi janub-janubi-g'arbiy bo'ladi va h.k. Shamol odatda doimiy yo'nalishga va tezlikka ega emas. Shamol notekis, kuchayib-pasayib esadi. Bunday kuchayib-pasayishlar shamol tezligi va yo'nalishining juda tez o'zgarishlari natijasida bo'lib, ularni havoning turbulent oqimi vujudga keltiradi. Shamol yo'nalishini graduslarda ifodalashda hisob shimoldan soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha olib boriladi. Bunda shimoliy shamolga 00, (yoki 3600), shimoli-sharqiy shamolga 450, janubiy shamolga 1800, g'arbiy shamolga 2700 mos keladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida shamolning yo'nalishini graduslarda, yer yuzasidagi meteorologik stansiyalarda shamol yo'nalishini ufq rumblarida ko'rsatiladi. Meteorologik stansiyalarda shamolning o'rtacha tezligi va o'rtacha yo'nalishi aniqlanadi. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi ta'sirida shamollar shimoliy yarim sharda bosim gradienti yo'nalishidan o'ngga, janubiy yarim sharda esa bosim gradienti yo'nalishidan chapga og'adi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:09 ]
Arxiv ichida: pptx