Sharqiy Afrika tog'ligi

Sharqiy Afrika tog'ligi

O'quvchilarga / Geografiya
Sharqiy Afrika tog'ligi - rasmi

Material tavsifi

Sharqiy afrika tog'ligi Ekvatorning har ikki tomonida joylashgan Sharqiy Afrika tog'ligi Afrika platformasining eng harakatchan, tektonik jihatdan aktiv qismi bo'lib, Yer sharidagi eng katta riftlar sistemasi ana shu erdadir. Hind okeani tomonidan esadigan passat-musson havo oqimlari, relef ta'sirida turli joyda turli miqdorda yog'in yog'ishi, rang-barang organik dunyo, ko'llarning ko'pligi tufayli materikning g'arbiy qismiga nisbatan bu yerda landshaftlar juda o'ziga xosdir. G'arbda tog'lik Kongo kotlovinasi bilan chegaradosh, sharqda Hind oksani sohiliga chiqadi; janubiy chegarasi Zambezi daryosining quyi oqimi bo'ylab, shimoliy chegarasi Rudolf ko'li botig'idan o'tadi. Shunday qilib bu o'lkaning katta qismi Kongo kotlovinasi kabi janubiy yarim sharda, kichikroq qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. Tog'likning kristalli fundamentining bir-biri bilan ulanib ketgan burmalari tekislangan va 300-1500 m gacha ko'tarilgan. Tog'lik yuzasida keng kotlovinalar bor bo'lib, bulardan eng kattasi Viktoriya ko'li bilan band. Baland platolarning relefida yotiq tepaliklar va qattiq jinslardan tuzilgan qoldiq qirlar asosiy o'rin tutadi. Unyamvezi platosi (Viktoriya ko'lidan janubroqda) va undan shimolroqdagi Uganda platosi ana shundaydir. Tog'likning kristall zaminini riftlar kesib o'tgan. Riftlar relefda tor botiqlar va baland tik jarliklar shaklida ifodalangan. Bu riftlar Qizil dengiz va Efiopiya tog'ligi riftlari davomi bo'lib, Rudolf ko'lidan janubda tarvaqaylab ketadi. 146. Ngorongoro krateri (V. V. Dobrovolskiy fotosi). Bir tarmog'i tog'likning g'arbiy chekkasi bo'ylab o'tib Albert, Kivu va Tanganika ko'llari kotlovinasiga to'g'ri .keladi; ikkinchi bir tarmog'i (Markaziy rift) Rudolf ko'lidan janubga Nyasa ko'liga boradi. Ana shu yerda har ikkala tarmoq qo'shiladi. Yoriqlarning uchinchi tarmog'i Afrikaning sharqiy chekkasi bo'ylab o'tadi. Relefdagi yoriqlar zonasida chuqur grabenlar bilan ularning chekkalarida ko'tarilib turgan baland tog' massivlari orasidagi katta farq yaqqol ko'rinadi. Riftlarning tublari turli balandlikda bo'lib, chuqur ko'llar bilan.bazan esa sho'r-xoklar va botqoqliklar bilan band. Tog' massivlari kristalli fundamentning yoriqlar bo'ylab baland ko'tarilgan qismlari bo'lib, masalan, Ruvenzori massivi balandligi 500 m dan ortiq yoki so'ngan va so'nmagan vulkanlardan iboratdir. Ulardan eng balandlari Kilimanjaro Kibo cho'qqisi bilan (5895 m), Keniya (5199 m), Elgon (4321 m) va boshqalardir. Buyuk Afrika grabenlarida yoriqlar bo'ylab kaynozoyda vulkan faoliyati kuchli bo'lgan va bu harakat hozir ham davom etmoqda. Ko'pgina vulkanlar hozir ham harakatda. Bazi vulkanlarning faoliyati so'nggi yillarda kuchaydi. Markaziy rift bo'ylab va Kivu ko'li atroflarida vulkanizm faoliyati ayniqsa kuchli. Bu yerda bir necha so'nmagan vulkan bor va hatto yangi vulkanlar paydo bo'lib turadi. Vulkan massivlari atroflaridagi joylar bir necha km masofagacha qalin lava va tuf Qatlamlari bilan qoplavgan. Hind okeani sohiliga tog'lik deyarli hamma joyda tik zinalar hosil qilib tushadi. Qirg'oq bo'ylab bazi joylarda eni bir necha o'n km bo'lgan pasttekislik joylashgan. Qirg'oqlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 131.68 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 131.68 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga