Sharqiy Afrika haqida ma'lumot

Sharqiy Afrika haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Sharqiy Afrika haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Sharqiy afrika Sharqiy Afrika materikning boshqa qismlaridan tog' relefining ustun turishi bilan farq qiladi. Platformaning kaynozoy erasida ayniqsa kuchli tektonik harakatga uchragan eng harakatchan qismida joylashgan Sharqiy Afrika relefning parchalanganligi, yer po'sti yoriqlari (riftlar)ning taraqqiy etishi, qadimgi va hozirgi zamon protsesslarining kuchliligi bilan farq qiladi. Sharqiy Afrika ekvatorning har ikki tomonida materikning chekkasida joylashgan. Bu yerda shimoliy va janubiy yarimsharlarning passatlari uchrashadi va mussonlar kuchli harakat qiladi. Relefning past-balandligi va dengiz sathidan baland joylarning ko'pligi atmosfera tsirkulyatsiyasi sistemasini murakkablashtirib Sharqiy Afrika doirasida okean qirg'og'idagi issiq tropik cho'llardan tortib qorli cho'qqilar bilan tugallanadigan massivlarning yonbag'irlaridagi sernam ekvatorial o'rmonlargacha xilma-xil landshaftlar hosil qiladi. Sharqiy Afrikada materikning bosh suvayirg'ichi joylashgan va eng yirik sersuv daryolar shu yerdan boshlanadi. Afrikaning ana shu qismida Efiopiya tog'ligi, Somaln platosi va Sharqiy Afrika tog'ligi ajralib turadi. EFIOPIYa TOG'LIGI VA SOMALI PLATOSI G'arbda bu o'lka Oq Nil kotlovinasn bilan chegaralanadi. Shimoli-sharq, sharq va janubi-sharqda chegara Qizil dengiz, Adan qo'ltig'i va Hind okeani sohilidan o'tadi. Janubiy chegara landshaftda u qadar aniq sezilmaydi va Rudolf ko'lniing shimol va sharqrog'idan o'tadi va deyarli ekvatorda Hind okeaniga chiqadi. O'lkaning hozirgi relefi tarkib topishida mezozoy oxirida boshlangan va lavalar otilib chiqishi bilan birga ro'y bergan yer yoriqlari asosiy rol o'ynagan. Efiopiya tog'ligining kristall jinsli zamini (tsokoli) mezozoy cho'kindi jinslari qatlamlari bilan qoplangan. Ana shu jinslar ustida trapp va tuflardan iborat qalin vulkan jinslari yotadi. Qator yoriqlar g'arbdan va sharqdan tog'likni o'rab yurish qiyin bo'lgan zinapoyasimon tik yonbag'irlar hosil qilgan. Uning chegarasi ham yoriqlardan o'tadi. So'ngra tektonik ko'llar sistemasidagi grabenlar polosasi shaklida janubi-g'arbda davom etadi. Bu-Eritreya rift zonasidir. Shunday qilib, Efiopiya tog'ligi keskin ajralib turuvchi, o'tish qiyin bo'lgan, yonbag'irlari tik massivdan iboratdir. Ana shuning uchun ham u qo'rg'on massiv deb nom olgan. Chuqur eroziontektonik vodnilar massivni turli tomonga kesib o'tgan va vulkanli cho'qqilari bo'lgan massivlarga ajratgan. Bazi vulkanlar tarixiy davrda otilib turgan. Tog'likning eng baland massivi rasdashan (4620 m) uning juda qalin lava qatlami bilan qoplab katta maydonda platosimon relef hosil bo'lgan shimoliy qismida ko'tarilib turadi. Tog'likning kotlovinalaridan bnrida katta Tana tektonik ko'li joylashgan. Tog'likni janubi-sharqdan o'rab turgan uzilmali vodiy undan Xarar platosini ajratib turadi. Bu plato kristalli jinslardan tuzilgan Somali yarim oroli platosiga zinapoya shaklida pasayib boradi. Somali yarim oroli platosi janubi-sharqqa Hind okeaniga tomon pasaya borib, sohil bo'yidagi pasttekislik bilan tugaydi. Adan qo'ltig'i sohilida yarim orol yer yuzasi 200 m gacha ko'tarilgan va shimolga tik tushgan. Dengiz tomondan qaraganda Somali yarim orolining ana shu qismi tog' tizmalari polosasiga o'xshab kurinadi. Qizil dengizga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.32 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.32 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga