6-sinf geografiya darsligi asosida 47-mavzu: Aholisi. Shimoliy Amerikaning aholisi 578 mln kishi (2016- y., 1- iyul, Markaziy Amerika bilan). Tubjoy aholisi indeyeslar, eskimoslar va aleutlardir. Ular hozir ozchilikni (20 mln kishi) tashkil etadi. Materikning tubjoy aholisi 25 - 30 ming yil avval Yevrosiyodan Bering bo'g'izi orqali kelgan. Keyinchalik, Janubiy Amerikaga ham asta-sekin tarqalishgan. Yevropaliklar kelmasdan avval eskimoslar, aleutlar, asosan, ovchilik, baliqchilik bilan, indeyeslar esa ovchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Shimoliy Amerikaga xuddi Janubiy Amerika singari X. Kolumb kashfiyotidan so'ng yevropaliklar guruh-guruh bo'lib kela boshladilar. Meksika va Markaziy Amerikada mulatlar va metislar ko'pchilikni tashkil etadi. Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismini Yevropadan ko'chib kelganlar va ularning avlodlari tashkil etadi. Bular amerikalik va kanadalik inglizlar bo'lib, ingliz tilida so'zlashadilar. Kanadaga ko'chib kelgan franso'zlarning avlodlari fransuz tilida gaplashadi. Aholisining joylashishi. Aholining joylashishi, avvalo, materikka aholining ko'chib kelishi tarixiga va tabiiy sharoitga bo'gliq. Materikning janubiy yarmida aholi eng ko'p o'rnashgan. Materikning Yevropamamlakatlaridan dastlabki ko'chib kelgan kishilar joylashgan sharqiy qismida aholining zichligi katta. Eng yirik shaharlar Shimoliy Amerikaning shu qismida joylashgan. Materikning yashash uchun noqulay, tundra va tayga o'rmonlaridan iborat bo'lgan shimoliy yerlarida aholi siyrak o'rnashgan. Iqlimi quruq va yuzasi notekis tog'li o'rmonlarda ham aholi kam. Tabiatiga insonning ta'siri. Milliy bog' va qoriqxonalari. Insonning xo'jalik faoliyati Shimoliy Amerika tabiatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu esa tabiat komplekslarining o'zgarishiga va antropogen landshaftlarning hosil bo'lishiga olib keldi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga qoldirish maqsadida ko'plab milliy bog'lar, qo'riqxonalar bunyod etilgan. Materikda birinchi milliy bog' 1872- yili (Yelloustoun) AQSHda tashkil etilgan. Vud-Baffalo, Yelloustoun, Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont, Ajal vodiysi, Jasper, Katmay, El-Viskaino, Yosemit va boshqalar eng yirik milliy parklar va qo'riqxonalardir. Ularning maydoni bo'yicha Shimoliy Amerika materigi dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Yelloustoun Vud-Baffalo Grand-Kanyon Katmay ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: ppt