Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari haqida ma'lumot

Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 44-mavzu: Iqlimi. Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga cho'zilganligi iqlimning xilma-xil bo'lishiga sabab bo'lgan. Iqlimning shakllanishida Tinch, Atlantika va Shimoliy Muzoqeanlari tomondan esadigan shamollar, shuningdek, Kordilyera tog'lari va tekisliklarning mavjudligi katta ta'sir etadi. Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda arktika iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaydi. Deyarli yil davomida havo harorati manfiy bo'ladi. Ayrim kunlari yozda harorat +5 °C gacha ko'tariladi, xolos. G'arbida 50 - 100 mm, sharqida esa 300 - 400 mm gacha yog'in yog'adi. Subarktika iqlim mintaqasi hududi yozda mo'tadil, qishda arktika havo massalari ta'sirida bo'ladi. Yanvarning o'rtacha harorati -25 °C dan -30 °C gacha, iyulda +5 °C dan +7 °C gacha kuzatiladi. Namgarchilik sharqdan g'arbga kamayib (300 - 600 mm) boradi. Mo'tadil iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaganligi uchun iqlimiy sharoiti turlicha, yog'in miqdori sharqdan g'arb tomonga kamayib boradi (1 500 - 1 00 mm). Bu mintaqaga ko'proq dengiz iqlimi xos. Arktika sovuq havo massalarining ta'siri ham kuchli. Subtropik iqlim mintaqasi 40° sh. k. dan Meksika qo'ltig'i oralig'idagi hududlarni egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq, sernam qish bu mintaqaning asosiy xususiyatidir. Tinch okean qirg'oqlari O'rta dengiz subtropik iqlim tiðiga xos bo'lib, sovuq Kaliforniya oqimi ta'sir etadi. Qishi iliq (+6 °C dan +8 °C gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo'ladi. Tropik iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo'lib, Atlantika okeani havo massalarining hukmronligi sezilib turadi. Yozda namgarchilik ko'p bo'ladi. Faqat mintaqaning g'arbida quruq, tumanli kunlarni kuzatish mumkin. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy tor qismida uchraydi. Bu yerda o'rtacha yillik harorat yuqori (+25 °C) va namgarchilik ko'p (1 500 - 2 00 mm). Ichki suvlari. Yerusti suvlari uchta okean havzalariga va qisman berk havzaga bo'linadi. Asosiy daryo va ko'llari Atlantika, Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzasiga tegishli. Materikning eng yirik daryosi Missisipi (hindular tilida katta daryo)dir. Missisipi daryosining o'rta qismida o'zidan uzun bo'lgan Missuri (loyqa daryo) irmog'i kelib quyiladi. Missisiði deltasi har yili Meksika qo'ltig'i tomon 100 m o'sib boradi. Daryo qor-yomg'ir suvidan to'yinadi. Avliyo Lavrentiy daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Rio-Grande daryosi Kordilyera tog'laridan boshlanib, Meksika qo'ltig'iga quyiladi. Materik ko'llari, asosan, qadimgi muz hosil qilgan chuqurliklarda paydo bo'lgan. Beshta ko'l, ya'ni Yuqori, Guron, Michigan, yeri, Ontario ko'llari Buyuk ko'llar deb ataladi. Ular kattaligiga ko'ra, shu tartibda bir-biriga kAsqad bo'lib tutashgan. Faqat yeri va Ontario ko'llari oralig'ida millionlab sayyohlarni o'ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi (balandligi 48 m) bor. Unga GES qurilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.99 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.99 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga