Shimoliy amerika materigining iqlimi

Shimoliy amerika materigining iqlimi

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy amerika materigining iqlimi - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy amerika materigining iqlimi va ichki suvlari R e j a: 1.Shimoliy Amerika iqlimining hosil bo'lishi. 2. Iqlim mintaqalari. 3. Ichki suvlari. Shimoliy Amerika Arktika mitaqasidan tropik mitaqagacha cho'zilgan. Shuning uchun uning hududida radiatsiya sharoiti va havo ning sirkulyatsiya xususiyati juda xilma-xildir. Materikning shimoliy yarmida radiatsiya balansi bir yilda 20 kkalsm2, janubiy qismlarida esa 60 kkalsm2 dan ortiqrok. Kontinentning katta qismi o'rtacha kengliklarda bo'lib, bu yerda g'arbiy havo massalari xukmrondir. Faqat eng janubiy qismlari tropik mintaqadadir. Bu yerda meridian buylab harakat qiladigan havo massalari asosiy o'rin tutadi. Sirkulyatsiya jarayonlari yer yuzasining suv, quruqlik yoki tog'lardan iborat ekanligiga qarab anchagina o'zgaradi. Biroq, bu ta'sir Yevrosiyodagichalik kuchli emas. Chunki Yevrosiyo maydoni Shimoliy Amerikadan juda kattadir. Shimoliy Amerika materigi ustidan qish paytida, barqaror anisiklon va yozda barqaror siklonlar paydo bo'ladi, lekin ular Yevrosiyodagichalik kuchli emas. Shimoliy Amerikaga siklonlar Tinch okeanidan keladi. Siklonlar qismi Kordilyera tog'larida ushlanib, barqaror siklon oblasti Aleut minimumini hosil qiladi. Bu minimum ham, Islandiya minimumi kabi, qish paytida iqlim sharoitining tarkib topishida sezilarli rol o'ynaydi. Aleut minimumi tufayli materikning g'arbida 36° va 60° shimoliy kengliklar orasida o'rtacha kengliklarning Tinch okean iliq nam havo xukmrondir. Bu havo, asosan, janubdan qirg'oq bo'ylab esadi va Kordilyera tog'larining g'arbiy yon bag'irlarida ko'p miqdorda nam beradi. Bu havo sharqqa tomon harakat qilib, Kordilyera tog'laridan o'tadi, biroq Buyuk tekisliklarga kelganda juda qurib qolib, yog'in bermaydi. Fizik xossalari bir-biridan tubdan farq qiladigan havo massalarining o'zaro ta'siri natijasida materik ustida qish paytida juda o'zgaruvchan ob-havo tarkib topadi. Vaqti-vaqti bilan Kordilyera tog'lari ustidan oshib o'tib Buyuk ko'llar atrofilarida kuchayadigan Tinch okean siklonlari ta'sirida havo massalari ko'plab almashinadi g'arbiy chekkasi buylab Arktika havo massasi janubga o'tadi, sharqiy chekkasi bo'ylab esa o'rtacha kenglikning havosi Grenlandiyaga yetib boradi. Iliq, quruq passat havo oqimlari Floridaning janubiy qismi uchun ham xarakterlidir. Lekin xuddi ana shu shamollar kuyuk bulutlar hosil qilib, Sharqiy Syerra-Madrening shamolga ro'para sharqiy Yanvarning o'rtacha harorati Kanada axipelagining shimolida - 30° dan Florida va Meksika tog'ligining janub qismlarida 20°S gacha ko'tariladi. Shimoliy Amerikada materikda eng past haroratli Sovuqlik kutbi yo'q. Grenlandiya muzligida va materikning subarktika kengliklarida eng qattiq sovuqlar bo'lib turadi. Materikning shimoli-g'arbida, shuningdek uning sharqiy chekkasida yog'in qishda eng ko'p yog'adi. Bu yerda yog'in-sochin havo frontlari bilan bog'liqdir. Yozda kontinent yuzasi okean yuzasiga nisbatan tezroq qiziydi. Materikning shimoliy va janubiy qismlari orasida termik farqlar kamayadi. Iyun oyida radiatsiya balansi kengliklar buylab deyarli o'zgarmaydi. Siklonlar qishdagiga qaraganda ancha zaif bo'ladi. Okeanlar ustida bosim maksimumlari: shimoliy Tinch okean va Azor maksimumlari tobora kuchaya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga