Shimoliy Amerika materigining tabiat zonalari

Shimoliy Amerika materigining tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Amerika materigining tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy amerika materigining tabiat zonalari R e j a: 1. Arktika mintaqasidagi tabiat zonalar 2. Subarktika mintaqasidagi tabiat zonalar 3. Mo'tadil mintaqadagi tabiat zonalar 4. Subtropik minqasidagi tabiat zonalar 5. Tropik mintaqadagi tabiat zonalar Artika sahrolari zonasi bor. Butun mintaqa uchun radiatsiya balansining juda kichik - 20 kkalsm2 dan kam bo'lishi xaraketlidir. Hozirgi muzliklar tarqalgan territoriyalarida ham radiatsiya balansi manfiy qimmatga ega. Bu yerlarda quyosh issiqligining 80%idan ko'prog'i yer yuzasidan qaytib ketadi. Ana shu hodisa tufayli temperatura doimo past bo'lib turadi hamda muzliklar hamon saqlanib keladi. Biroq muzliklarga yog'in - sochin kam tushadi. Bu esa, o'z navbatida, namlikning kam bug'laniishi va havo absolyut namligining kichik bo'lishi bilan bog'liqdir. Sovuq okean oqimlari tufayli yuqori geografik kengliklarga siklonlar kelishi oqibatida anchagina miqdorda namlik tushishi, orol shaklidagi katta quruqlikning mavjudiligini Arktikaning G'arbiy Amerika sektorida uning Sharqiy Osiyo sektoridagiga nisbatan muzlik paydo bo'lishi uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Muzliklar Shimoliy Atlantikani keng polosa shaklida o'rab olgan. Lekin bu polosa yaxlit emas. Baffin Yeri, Devon Elsmir, Aksel -Xeybarg va Grenlandiya orollarida muzlar katta terotoriyani egallab yotadi. Muzliklarning morfologik tiplari xilma - xildir. Bu mintaqaning janubiy qisimda, Baffin yeri orollarida yog'in ko'p yog'adi, yoz temperaturasi ancha baland keladi, shuning uchun bu yerda quruqlikning faqat baland joylarida uchraydigan tog' muzliklari va muz gumbazlari asosiy o'rin tutadi. Kanada arxipelagining shimoliy qismida yog'in miqdori kamayadi va yoz temperaturasi keskin pasayadi. Bu yerlarda tog'lardagina emas, balki qor to'planishi qulay bo'lgan pastliklarda ham muzliklar vujudga kelgan. Elsmir orolining shimoliy qisimda tog' etaklarida yirik muzliklar va shelf muzliklar bor. Bu muzliklarda katta katta aysberglar (muzorolari) sinib tushadi. Pleystotsendan buyon mavjud bo'lgan Grenlandiya muz qalqoni nihoyatda kattadir. Grenlandiya muzligi 1600 ming km 2 dan ortiq maydoni egalaydi. Muzliklarda hayot bo'lmadi. Faqat yoz paytida qor yuzasida suv o'tlarning ba'zi bir turlari uchraydi. Anna shu suv o'tlar tufayli qor yuzasi pushti rangga kiradi-yu muz tepasidan chiqib qolgan tub jinslarlar - nunataklarda bazi bir yuqori o'simliklarni ko'rish mumkin. Muzliklar havo massasini sovutib yuboradi. Bundan tashqari muzliklardan ko'plari bir qancha aysberglar hosil qiladi. Aysberglar juda janubgacha borib atmosferani va suv yuazasini sovutib yuboradi, materikning shimoli va sharqidagi sohillar iqlimning tarkib topishida aktiv ishtirok etadi. Birgini Grenlandiyada har yili 150 km2 ga yaqin muz aysberg bo'lib ajraladi. Amerika Arktikasining g'arbiy qisimda va bazi joylarida shimolda yog'in kam yog'adigan hamda qishda to'plangan butun qor yozda erib ketadigan joylarda muzliklar kichrayib bormoqda. Qor qoplami doimiy bo'lmaganidan yozda qoramtir tusda bo'lgan yer yuzasida muzliklar yuzasiga qaraganda issiqlikni ko'p yutadi va shuning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.55 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.55 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga