Shimoliy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari R e j a: 1. Grenlandiya. 2. Kanada Arktika arxipelagi. 3. Lavrentiy yassi tog'ligi. 4. Markaziy tekisliklar 5. Buyuk tekislikar 6. Appalachi tog'lari. 7. Qirg'oq pasttekisliklari. 8. Alyaska Kordilyerasi. 9. Kanada Kordilyerasi. 10. AQSH Kordilyerasi tog'lari. 11. Meksika Kordilyerasi. Grenlandiya dunyodagi eng katta orol. Uning maydoni 2176 ming km. kv. Bundan 1800 ming km. kv. qismi yoki hududning 84% muzliklar bilan qoplangan. Quruqlikning muz bosmagan qismlari asosan janubi - g'arbiy, shimoliy va shimoliy-sharqiy qirg'oqlarida uchraydi. Qirg'oqlarning tabiiy sharoiti deyarli hamma joyda Arktikaning yuqori geografik kengliklaridagi kabi nixoyatda qattiq. Muz qalqoni yaxlit massiv shaklida bo'lib yuzasi juda qiya, deyarli yassi va qirg'oqlardan orol markaziga tomon asta - sekin ko'tarila boradi. Bu yerda muzning balandligi 3300 m ga yetadi. Muz qalqoni 67°30 shimoliy kenglikdan shimolda va 66° shimoliy kenglikdan janubda joylashgan va bir-biriga qo'shilib ketgan ikkita gumbazdan iborat. Muzning qalinligi 3,5 km, xajmi 2,7 mln. km. kv. Bu muzlik erisa dunyo okeani satxi 7 m dan ko'prok ko'tarilgan bo'lar edi. Orolning sharqiy yarmi qadimgi burmali tog'lardan iborat. Tog'larning o'rtacha balandligi 200 m dan baland, eng baland joyi 3700 m G'arbda tog'lar asta-sekin pasaya borib, muz qalqonining tagida qolib ketadi. Orolning markaziy qismlarida muzlikning tagi okean satxi bilan barovar, ba'zi joylarda esa undan past. Atmosfera sirkulyatsiyasining qulay bo'lishi va sovuq Sharqiy Grenlandiya oqimi ta'siri tufayli muz qalqoni hozir ham mavjud. Bundan tashqari muzlik inersiyasi ham katta ahamiyatga ega. Muzlik yuzasining nurni aks ettirish qobiliyati kuchli bo'lganidan quyoshdan keladigan issiqlikning faqat 19% ni yutadi. Arktika fronti siklonlarninig katta qismi xech qanday kuchli tusiksiz orol ustiga o'tib keladi va antisiklonni xaydab yog'in olib keladi. Muz qalqoni shu yog'inlar bilan to'yinadi. 68° shimoliy kenglikda muzlik markazida 300 m, chekkalarida 520 mm gacha yog'in yogadi. Bu yog'inlarning hammasi qor bo'lib tushadi. Muzlik yuzasida tushgan qor asta-sekin o'zgaradi va firn hamda muzlikka aylanadi. Muzlikni Markaziy balan qismlarida muz chekkalariga qarab asta-sekin oqadi. Muz qalqoni chekkalaridan tor muzlik tillari boshlanib, okeanning tropik vodiylariga yetib boradi. Bunday muzliklarni harakat tezligi sutkasiga 20-40 m ga yetadi, Muzlikning siljishi natijasida juda chuqur va xavfli yoriqlar hosil bo'ladi. Xar yili Grenlandiya qirg'oqlari yaqinida asosan orolning g'arbida 10-15 mingga yaqin aysberg hosil bo'ladi. Muzlikning asosiy qismi erishga va bug'lanishga sarf bo'ladi. Muz qalqonining yillik balansi taxminan quyidagicha: qor to'planishi - 425-446 km. kub qor va muzning sarf bo'lishi - 295-315 km. kub aysberglar tarzida sarf bo'lgan muz - 115-215 km. kub jami sarf bo'lgan qor va muz - ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.29 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.29 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc