Shimoliy Amerika qirg'oqlari yonidagi okeanlar Reja: 1. Kanadaning Atlantika sohili. 2. Shimoliy Amerikaning tektonik kartasi. 3. Shimoliy Amerikaning foydali qazilmalari. 4. Shimoliy Amerikada yer yuzasi sathidagi havoning o'rtacha temperaturasi. Yanvar, 5. Shimoliy Amerikada yer yuzasi sathidagi havoning o'rtacha temperaturasi. 6. Iyul. Shimoliy Amerikada yog'inlarning yillik o'rtacha miqdori. 1. Kanadaning Atlantika sohili. Shimoliy Amerikaning janubi-sharqiy qirg'oqlari yaqinida dunyodagi eng katta iliq oqimlar sistemasi hosil bo'ladi. Shimoliy passat oqimining bir tarmog'i Karib dengizi va Yukatan bo'g'ozi orqali Meksika qo'ltig'iga kirib kelib, bu yerda suv sat-hining okeandagiga nisbatan ancha ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Meksika qo'ltig'idan keluvchi oqim Kubani aylanib o'tib, Golfstrim nomi bilan Florida bo'g'ozidan oqib chiqadi va okeanda 30° sh. k. bilan 79° g'. u. yaqinida Antil oqimiga kelib qo'shiladi. Golfstrim materik rayozligining chekkasi bo'ylab taxminan 36larallelgacha bo'lgan joydan o'tadi. Materikning yonginasida unga qarama-qarshi tomondan sovuq oqim harakat qiladi. Bu oqimning suvlari qishda Golfstrim suvlaridan 5-8°S sovuq bo'lib, o'ziga xos «sovuq devor» hosil qiladi. Golfstrim Xatteras burni yonida Yerning aylanishi ta'sirida sharqqa burilib, Nyufaundlend sayozligining sharqiy chekkasini aylanib o'tadi va Shimoliy Atlantika oqimi nomi bilan Yevropaqirg'oqlariga tomon ketadi. Florida bo'g'ozidan chiqaverishda Golfstrimning kengligi 75 km ga, chuqurligi-700 m ra, oqish tezligi esa-soatiga 6-10 km ga etadi. Suvning yuzadagi o'rtacha yillik temperaturasi +2b°S. Xatteras burni yaqinida Golfstrimning kengligi uch baravar ortadi, suv sarfi esa 82 mln. m3sek, ra etadi, yani yer sharidagi barcha daryolar suv sarfidan 60 baravar ortadi. Nyufaundlend oroli rayonida Golfstrimga qarshi Labrador oqimining sovuq suvlari harakat qiladi va ulariaterik qirg'oqlaridagi iliq suvlarni chetga surib ketadi. Labrador oqimi yuzasidagi suvlarning temperaturasi +10°S dan oshmaydi. Iliq va sovuq oqimlar to'qnashadigan joyda siklonlar rivojlanishi va tumanlar hosil bo'lishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi. Sovuq oqim taxminan 43° sh. k. gacha shimoldan aysberglar va dengiz muzini keltiradi, bular tumanlar bilan birgalikda kema qatnovi uchun katta xavf tug'diradi. Boshqa tomondan esa, iliq va sovuq oqimlarning qo'shilishi suvning yuqori qatlamlarida mik-roorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, binobarin, bu suvlarda baliqlar juda ko'p bo'ladi. Bu jihatdan Nyufaundlend sayozligi ayniqsa mashhurdir. Bu rayondagi asosiy baliq turlaritreska, seld lososdir. Gudzon qo'ltig'i bilan Baffin dengizi rejimiga ko'ra Shimoliy Muz okeaniga o'xshash. Materikning shimoli-sharqiy va shimoliy sohillarini yuvib turuvchi barcha suvlarning temperaturasi yil bo'yi past bo'ladi. Kamdan-kam holdagina yuzadagi suvlar temperaturasi +10°S ga etadi, yilning ko'p qismida temperatura manfiy bo'ladi. Orollar bilan Gudzon qo'ltig'i orasidagi bo'g'ozlar yilning ko'p qismida muzlab yotadi, hatto yozda ham bu yerda qor bo'ronlari bo'lib, quyuq tuman tushib turadi. Sovuq Gudzon qo'ltig'i bilan iliq Meksika qo'ltig'ining nisbatan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
521.53 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
521.53 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc