Shimoliy Amerika tuproqlari

Shimoliy Amerika tuproqlari

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Amerika tuproqlari - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy Amerika tuproqlari Kordilera tog'laridan sharqda ninabargli o'rmonlarning janubiy chegarasi shimolga tomon 54-55° sh. k. gacha ko'tariladi, so'ngra esa janubda Buyuk ko'llar va Avliyo Lavrentiy daryosining etaklarigacha tushib keladi. Labrador sohillaridan sharqda to Alyaska tog'larining sharqiy yonbag'irlarigacha bo'lgan juda katta territoriyada tayga o'rmonlari daraxt turlarining ancha bir xilligi bilan xarakterlanadi. Tinch okean sohillaridagi o'rmonlar tashqi qiyofasiga ko'ra ham, o'rmonlari tarkibiga ko'ra ham materikning sharqidagi o'rmonlardan farq qiladi. Sharqda Yevrosiyodagiga o'xshash daraxt o'simlik turkumlari ko'p; g'arbda Osiyoning sharqidagiga o'xshash ninabargli daraxtlarning turlari va turkumlari ustun turadi. Sharqiy yoki «Gudzon» taygasi uchun Amerikaga xos endemik turlardan tarkib topgan baland, ninabargli azim daraxtlar xarakterli. Bular Kanada eli (Picea canadeusis), Amerika tilog'ochi va Banks qarag'ayi (Pinus Banksiana) dan iborat. Banks qarag'ayini tosh pixta, qora pixta yoki balzamli pixta (Abies balsamea) deb ham ataydilar. Chunki undan texnikada ishlatiladigan smolasimon qimmatbaxr Kanada balzami olinadi. Ninabargli o'rmonlardagi eng xarakterli bargli daraxtturlari po'stlog'i oppoq, tekis qog'oz qayini (Betula papirifera) (uning po'stlog'idan indeetslar o'zlarining yengil qayiqlarini yasaydilar), balzam teragi (Populus batsamitera), tog'terak (Popilus tramuloides) dan iboratdir. O'rmon daraxtlari tagida turlituman rezavor mevali butalar: qizil va qora smorodina, malina va chernika o'sadi. Tuproq yuzasini mox va lishayniklar qoplab yotadi. Bu o'rmonlar tagida tipik podzol tuproqlar hosil bo'lgan; ular shimolda muzloq-tayga tuproqlari, janubda esa chimli-podzol tuproqlar bilan almashinadi. G'arbiy sohilning sernam va yumshoq iqlimi o'rmonlarning ryvojlanishi uchun alohida sharoit yaratadi. Tinch okean sohillaridagi ninabargli o'rmonlarning qiyofasi o'.ziga xosdir. Ular daraxtlar, butalar, shuningdek o't o'simliklari turlariga nihoyatda boydir. Har doim namga to'yingan havo baland-baland daraxtlarning o'sishiga qulay sharoit yaratadi, bu daraxtlarning balandligi bazan 80, hatto 100 m ga etadi. Tayga o'rmonlaridagi tipik daraxt turlari sitxa eli (Picea sithensis), duglas pixtasi (Pseudotsuga mucronata), g'arb xemlogi yoki tsugasi (Tsuga Reterophylla), nutqa sarvi (Chamaecyparis nootkatensis), ulkan tuya (Thuja plicata) yoki qizil kedrdan iborat. Qizil kedr nihoyatda sermahsulligi bilan ajralib turuvchi qalin o'rmon hosil qiladi. Ulkan ninabargli daraxtlar tagida mayda daraxtlar o'smaydi, ammo xilma-xil, ko'pincha tikanli butalar nihoyatda ko'p. Tuproq yuzasini qirqquloq va moxlar qalin qoplab etadi. Qirg'oqlardan uzoqlashilgan sari iqlimning namligi kamaya boradi; Kordilera tog'laridagi ichki vodiylar va platolar uchun birmuncha qurg'oqchil o'rmonlar xarakterli bo'lib, bu o'rmonlarda duglas pixtasi va sariq qarag'ay (Pinus panderosa) hamda bazi bir ninabargli daraxtlar aralash o'sadi. Tinch okean sohillaridagi namsevar ninabargli o'rmonlar janubda deyarli 40° sh. k. gacha tarqalgan. Ular qirg'oqchil joylarda eng ko'p o'suvchi qarag'ay, shuningdek, duglas pixtasi, oq pixta (Abies concolor), shakar qarag'ay (Pinus lambertiana) va ladan kedri (Libocedrus decurrens) dan iborat. Taxminan 40° sh. k. dan boshlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.4 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.4 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga