Shimoliy Amerika. Shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari

Shimoliy Amerika. Shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Amerika. Shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy Amerika: shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari R e j a: 1. Shimoliy Amerikaning shakllanish tarixi. 2. Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari. 3. Relefi. 4.Foydali qazilmalari. Amerika qitasi ikki materik - Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini o'z ichiga oladi. Teuantepek va Panama bo'yinlari orasida joylashgan Markaziy Amerikani Shimoliy Amerika yoki Janubiy Amerikaga kiritadilar. Butiya yarim orolidagi Merchison burni Shimoliy Amerikaning eng shimoliy nuqtasi, Alyaska yarim orolidagi Prints Uels burni eng g'arbiy nuqtasi. Labrador yarim orolidagi Charlz burni eng sharqiy nuqtasidir. Panama burnini materikning janubiy chegarasi deb hisoblasak, materikning maydoni 20360 ming km2 ni tashkil etadi. Grenlandiya 2176 ming km2 ni, Kanada Arktika arxipelagi 1300 ming km2 ni, Vest - Indiya orollari 2400 ming km2 va boshqalarni Shimoliy Amerika tarkibiga kiritadilar. Kembriydan oldingi strukturalar. Shimoliy Amerikaning zaminida qadimgi struktura - arxey-proterozoy yadrosi - Kanada qalqonini o'z ichiga oladigan Shimoliy Amerika platformasi yotadi. Kanada qalqoni litologik tarkibiga ko'ra, Skandinaviya qalqoniga o'xshab ketadi. Kanada qalqoni jinslari kuchli metamorfozlashgan; shuning uchun ham hamma joyda kristall tuzilishdadir. Bu jinslar granit-gneys kompleksi deb atalib, tarkibida ko'p miqdorda minerallar uchraydi. Bu minerallarda ko'plari sanoatda muhim ahamiyatga ega. Kembriydan oldingi davrlardagi kabi, quyi paleozoy geosinklinallari materik yadrosining chekkalarida doira shaklida joylashgan. Janub va janubi-sharqda Appalachi geosinklinal oblasti, shimol va shimoli-sharqda Grenlandiya geosinklinal oblasti va nixoyat g'arbda Kordilera geosinklinal oblasti bo'lgan. Toshko'mir davrining o'rtalarida gertsin burmalanishi avj oladi. Bu safar tog' zanjirlari platformani asosan janub va sharqdan o'rab oladi, va ehtimol Atlantika okeani orqali Yevropaga ham etib kelgan. Tog' zanjirining hozirgi materik tashqarisidagi sharqiy qismi va Meksika qo'ltig'idan shimoldagi anchagina hududni egallab yotgan janubiy tarmog'i yo'q bo'lib ketgan. Ularning burmali strukturalarini suv bosib ketgan va ularda yoshroq jins qatlamlari cho'kkan. Gertsin burmalanishi davrida Appalachi tog'larining kaledon strukturalari ko'tarilgan. Paleozoy erasi davomida Shimoliy Amerika kaledonit va gertsinit strukturalar bilan Yevropaga, Kordilera geosinklinali oblastida tabiiy ravishda paydo bo'lib turgan tog' zanjirlari orqali esa Osiyo va Janubiy Amerikaga bir necha marta qo'shilgan. Arktika rayonlarida ham tektonik jarayonlar anchagina kuchli bo'lgan. Paleozoy oxirlarida ham bu yerda burmali strukturalar vujudga kelib, Kanada Arktika arxipelagining shimoli-g'arbiy qismlarini hosil qilgan. Mezozoy erasi davomida Atlantika okeani botig'ining tez vujudga kelishi munosabati bilan Shimoliy Amerika asta-sekin Yevropadan ajraladi. Materikning sharqidan gertsin burmalanishining davomi tariqasida ham ro'y beradi. Lekin bu paytda baland tog' tizmalari vujudga kelmaydi. Mezozoyda Kordilera geosinklinali juda tez taraqqiy eta boshlaydi. Yura davrida burmali strukturalar hosil bo'ladi. Bu strukturalar hozir ham bor. Ana shu burmalanish jarayonida ro'y bergan xol tog' tizmalari AlyAsqadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga