Shimoliy Amerika Reja: Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari Relyefi va foydali qazilmalari Kordilyera tog'lari Foydali qazilmalari Iqlim Amerika qit'asi ikki materik - Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini o'z ichiga oladi. Teuantepek va Panama bo'yinlari ora-sida joylashgan Markazii Amerikani yo Shimoliy Amerika yoki Janubiy Amerikaga kiritadilar. Butiya yarim orolidagi Merchison burni (710 50 shimoliy kenglik) Shimoliy Amerikaning eng shimoliy nuqtasi, Alyaska yarim orolidagi Prins Uels burni (1680 40 g'arbiy uzoqlik) eng g'arbiy nuqtasi. Labrador yarim orolidagi Charlz burni (550 4 (U g'arbiy uzoqlik) eng sharqiy nuqtasidir. Panama burnini materikning janubiy chegarasi deb hisoblasak, materikning maydoni 20360 ming km2 ni tashkil etadi. Grenlandiya (2176 ming km2), Kanada Arktika arxipelagi (1300 ming km2), Vest-Indiya orollari (2400 ming km2) va boshqalarni Shimoliy Amerika tarkibiga kiritadilar. Geologik tarix davomida Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika har doim ham bir-biriga qo'shilib turmagan va shuning uchun har bir materik tabiati mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Bu materiklar geologik tuzilishining bir - biriga o'xshamasligi ana shuning oqibatidir. Bu farq materiklarning har birida mustaqil qadimgi negiz (yadro) lar bo'lishi va ular atrofini yoshroq. burmali tog'lar o'rab turishida ko'rinadi. Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy Amerika materigi hozirgi vaqtda quruqlik orqali shu qadar kam tutashganki, ularning geografik zonalari bir-birlariga hech ham o'xshauaydi; har bir materik o'ziga xos va mukammal geografik zonalarga ega bo'lib, bu zonalar okean bo'yi va materik ichki sektorlarini qamrab oladi. Shunga qaramasdan, har ikkala materik bir qancha umumiy tabiiy siyatlarga ega. Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikani bir butun tog' sistemasi Kordilyera tog'lari bir - biriga qo'shib turadi. Ana shu tog' temasi tufayli har ikkala materikda orografiyaning asosiy elementlari meridional yo'nalgan bo'lib, asimmetrikdir Yevrosiyoning eografik tueilishidan Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika ografiyasining asosiy farqi ana shunda. Yevrosiyodan farqli o'laroq, bu materiklarning markazii va sharqiy qismlari yo tekislik, yoki yassi tog'liklardir, ularning g'arbiy chekkalari esa tog'lardan iborat. Kordilyera tog'lari Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy Amerika materigi o'rtasida ko'prik xizmatii o'taydi, bu tog'lar tufayli flora va faunaning bir materikdan ikkinchi materikka o'tishi oson bo'lgan; ana shunga ko'ra Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikaning flora va faunasi muayyan xususiyatlariga ko'ra o'xshab ketadi Lekin bu o'xshashliklarga qarab, ularning flora va faunasi umumiy Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari Qisman boshqa materiklarga ham xos bo'lgan xususnyat - asosni geologik strukturalariing konsentrik tarzda joylashnshi Shimoliy Amerika misolida yaqqol ko'rinadi. Materikning markaziy qismlari chekka qismlariga nisbatan hamma joyi bir xil tuzilgan va, shu bilan birga, eng qadimiydir. Bu hol tasodifiy bo'lmay, materikning o'ziga xos ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
99.88 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
99.88 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc