Tuproqlari va o'simliklari Reja: 1.Shimoliy Amerikaning botanik-geografik rayonlashgirilishi (A. L. Taxtadjyandan). 2.Janubiy Amerika tabiat zonalari 3. Shimoliy Amerika tuproqlari 4. Shimoliy Amerikadagi bazi o'simliklarning areallari. 5. Meksika tog'ligining shimoliy qismi o'simliklari (P. Ye. Lukomskiy fotosi.) 6. Shimoliy Amerikaning zoogeografik 1.Shimoliy Amerikaning botanik-geografik rayonlashgirilishi (A. L. Taxtadjyandan). Shimoliy Amerikaning chekka janubida paleogen boshida Yevropaning tropik florasiga o'xshash tropik flora keng tarqalgan. Neogenda tekisliklar quruqlasha borishi munosabati bilan bu floraning kserofit elementlari shimolga kirib bora boshlagan va hozirgi chalacho'l hamda dasht florasi uchun asos bo'lgan. Iqlimning neogen oxirida tobora sovishi subtropik o'simlik turlarpning yo'q bo'lib ketishi hamda janubga chekinishiga va ularning o'rtacha kengliklar florasi bilan almashinishiga sabab bo'lgan; o'rtacha kengliklar florasi, aftidan, Yevrosiyodan kirib kelgan; chunki shimolda materiklar quruqlik orqali o'zaro tutash bo'lgan. Muzlanishlarning boshlanishi materikning katta qismida o'simlik qatlamining yo'q bo'lib ketishiga olib kelgan. Biroq iqlimi u qadar keskin o'zgarmagan janubda o'rmon florasi qirilib ketmay, muzliklar chekingach, shimolga kirib. borgan va yana butun materik bo'ylab tarqalgan. Ikkinchi tomonda», muzlik oldi davrida va muzliklar orasidagi davrlarda shimoldan janubga Arktika hamda baland tog' elementlari kirib kelgan; ular bu erlarda muzlik davridan qolgan reliktlar tariqasida to hozirgi vaqtga qadar saqlanib qolgan. Iqlimning muzlik davridan keyingi o'zgarishlari va hozirgi sharoitning qaror topishi hozirgi zamon tuproq-o'simlik qoplamining shakllanishiga olib kelgan. Shimoliy Amerikada tuproq-o'simlik qoplami tiplarining taqsimlanishi o'ziga xos bir qakcha xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar materikning shakli, orografiyasi va iqlimi bilan bog'liqdir. Tundra, o'rmon-tundra va tayga o'rmonlari materikning shimoliy yarmida geografik kenglik bo'ylab o'tgan polosalar tarzida cho'zilib ketgan. So'ngra janubga tomon zonallik xarakteri o'zgaradi. Atlantika okeani sohillariga yog'inlar eng ko'p va bir tekis yog'adi; materik ichkarisiga tomon yog'inlar miqdori tobora kamaya boradi, shu sababli mo'tadil va subtropik minta-qalarning o'rmon-dasht, dasht va cho'l zonalari Shimoliy Amerikada hech qaerda Atlantika okeaniga etib bormaydi, aksincha materik ichkarisida meridionalga yaqin yo'nalishda cho'zilib ketadi. Okean sohili bo'ylab kenglik zonalari saqlanadi, biroq bu zonallik mezofil o'rmonlarning turli tiplaridangina iborat: tayga aralash o'rmonlar bilan, so'ngra esa mo'tadil mintaqaning keng bargli o'rmonlari bilan almashinadi; ular esa o'z navbatida janubi-sharqda subtropik doimiy yashil o'rmonlarga aylanadi. O'simlik qoplami zonal tiplariniig bunday taqsimlanishi Osiyoning sharqiga ham xosdir, chunki har ikkala materikning sharqiy chekka qismlari iqlimining shakllanishida bir qancha umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Biroq Yevrosiyo bilan shimoliy Amerikaning orografiyasi va o'lchamidagi katta tafovutlar, shuningdek, ular tuproq-o'simlik qoplamining taqsimlanishida ham birmuncha tafovutlarga olib keladi. 2.Janubiy Amerika tabiat zonalari Shimoliy Amerika tropik va subekvatorial mintaqalarda kambar ekanligi va parchalanganligi sababli tropik mintaqa cho'llari, tropik o'rmonlar va savannalar bu erlarda keng. polosa hosil ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
334.4 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
334.4 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc