Shimoliy gvineya o'lkasi Bu o'lka Gvineya qo'ltig'ining pasttekislikdan iborat shimoliy sohili keng polosasini, shuningdek, Shimoliy Gvineya qirlarini o'z ichiga oladi. O'lka iqlimi subekvatorial iqlim bilan ekvatorial iqlim oralig'idagi iqlimdir. Shimoliy Gvineya qirlari Gvineya qo'ltig'i qirg'og'ini o'rab turadi va unga zinapoya shaklida pasayib boradi. Ko'p qismining balandligi 500-600 m, eng baland joyi 200 m ra etadi. Qirlar kristalli jinslardan tuzilgan. Bu jinslarni bazi joylarda gorizontal yotgan qumtoshlar qoplagan. Janubiy chekkasini daryolar bo'lib yuborgan. Bu daryolarning qisqa (ko'pi bilan 200-300 km) va chuqur vodiylari sertepa sohil orasida cho'qqayib turgan past qoldiq tog'larni ajratib turadi. Gvineya sohilining Niger daryosidan keningi eng katta daryosi Volta. Ganada bu daryoga yirik suv ombori va gidro-elektrostansiya qurilgan. Gvineya qo'ltig'i qirg'og'i pasttekislikdan iborat bo'lib bu yerda quruqlikning yaqindagina cho'kkanidan darak beruvchi izlarni yaqqol ko'rish mumkin. G'arbda qirg'oqni kichik daryolarning estuariylari bo'lib-bo'lib yuborgan. Bu yerda ko'pdan-ko'p kichik orollar bor. Janubda deyarli tekis qirg'oq chizig'i bo'ylab lagunalar, ko'llar, qum tillari va dyuna qatorlari uchraydi. Sharqda Niger daryosining keng delta pasttekisligi katta maydonni egallagan. Sharqdan Niger daryosi quyi oqimining vodiysi Kamerun tog'lari bilan chegaralangan. Bu tog'lar qirg'oq yaqinida vulkan massivi bilan tugaydi. Bu massivning konus shaklidagi Fako cho'qqisi balandligi 4070 m gacha bo'lib, butun G'arbiy Afrikaning eng baland nuqtasi hamdir. 1909 va 1922 yillarda kichik-kichik kraterlardan vulkanlar otylgan. Bu esa massivda vulkan faoliyati hamon tugamaganligidan darak beradi. O'lkaning foydali qazilmalari-oltin, olmos sochilmalari, qalay rudalari va boksitlar platforma fundamentidagi kristalli jinslarning yer yuzasiga chiqib qolishi bilap bog'liqdir. 139. Kamerun tog' massivining yonbag'rida yillik temperatura, yog'in-sochin va nisbiy namlik. Gvineya sohili yilning ko'p qismida janubi-g'arbiy musson ta'sirida bo'lib, u tog' yonbag'irlarida ko'plab yog'in qoldiradi. Sohilning janubiy qismida va xususan Kamerun massivi yonbag'prlarida yil bo'yi yog'in yogadi. Shunga qaramasdan, yog'in eng ko'p yogadigan ikki davr ajralib turadi. Shimolga tomon asta-sekin yog'in ko'p yog'adigan davrlar qo'shilib ketadi va uzoq davom etadigan bir davrni hosil qiladi, bu davr musson eng kuchaygan davrga to'g'ri keladi. Shimoli-sharqiy passat, Gvineya sohiliga faqat qishda, janubi-g'arbiy musson kuchsizlanib qolgan paytda kirib keladi. Quruq shimoliy shamol qirg'oqqa kirib kelar ekan, havoning nisbiy namligini kamaytiradi va odam hamda hayvonlarga yaxish ta'sir etadi. Kamerup massivining okeanga qaragan yonbag'irlarida 900 mm dan ortiq eg'in yog'adi. Bu-butun Afrikadagi eng ko'p yog'indir. Shu bilan birgalikda Fako cho'qqisiga yog'in eng ko'p yog'adigan davrda qor tushadi. Boshqa rayonlarda sohil chizig'ining yo'nalishi va tog' yonbag'irlarining ekspozitsiyasiga qarab yiliga 200 mm dan 300 mm gacha yog'in yog'adi. Janubi-g'arbiy musson qirg'oqqa parallel esadigan bazi bir joylarda yog'in miqdori 100 mm dan oshmaydi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
201.65 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
201.65 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc