Shimoliy Hindistondagi karkidonlar haqida ma'lumot

Shimoliy Hindistondagi karkidonlar haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Shimoliy Hindistondagi karkidonlar haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Shimoliy Hindistondagi karkidonlar Markaziy Osiyoda yirtqichlar tuyoqlilarchalik xilma-xil zmas. Tog'larda qor barsi-irbis (Pantheruncia), qo'ng'ir ayiqning Tibetga xos kenja turi va bo'ri yapshydi. Deyarli hamma joyda tulki, oddiy bo'ri, latcha va chiyabo'ri (shakal) uchraydi. Tekisliklarda ham, tog'li rayonlarda ham turlariga va soniga ko'ra kemiruvchilar: qo'shoyoq, quyon, sug'ur, yumronqoziq; pishuxa, qumsichqon, dala sichqonlari va boshqalar juda ko'p. Qushlar tog'li rayonlarda ayniqsa turlitumandir. Ular tog' kurkasi, Gibet sadjasi (Syrrhaptes tibetanus) tog' zog'chasi, sip, burgut, klushitsa, stenolaz va boshqalardan iborat. Tekisliklarda tuvdo, chil, to'rg'ay (kichik to'rg'ay, so'fito'rg'ay va x.k.) yashaydi. Markaziy Osiyoda sudralib yuruvchilar va suvdaquruqlikda yashovchilar nisbatan kam. Kaltakesak va ilonning bazi turlari, quruqlikda yashovchi toshbaqa tarqalgan. Yevrosiyoning boshqa barcha janubiy qismi Hind-malayya zoogeografik oblastiga kiradi va hayvonot dunyosining juda boyligi, xilma-xilligi hamda qadimiyligi bilan xarakterlanadi. Bu oblast faunasi yaqqol aks etgan tropik xarakterga ega bo'lib, yer sharidagi boshqa tropik oblastlar bilan umumiy xususiyatlarga ega. Chunonchi, Afrikaning Efiopiya oblasti bilan va neotropik oblastlar bilan umumiy bo'lgan xususiyatlari mavjud. Bundan tashqari, Avstraliya bilan bo'lgan o'tmishdagi aloqalari ham faunaga anchagina ta'sir ko'rsatgan. Malayya oblastchasiga kiruvchi malakka yarimoroli, Zond va Filippin orollari hayvonot dunyosi eng boyligi va xilma-xilligi bilaya ajralib turadi. Yil bo'yi birday issiq va nam iqlim, nam tropik o'rmonlarining keng tarqalganligi, shuningdek territoriyasining orollardan iborat ekanligi va to'rtlamchi davr boshidan beri Osiyoning boshqa qismlari bilan quruqlikdagi aloqalarining uzilib qolganligi bu oblastcha faunasining ancha o'ziga xos bo'lishiga va endemizmiga sabab bo'lgan. Malayya arxipelagi tuyoqli hayvonlarining eng yorqin namunasi Janubiy Amerikada ham qavmi bo'lgaya qo'shrang tapir (Tapirus indicus), bir shoxli va ikki shoxli karkidon (Rhino-ceros unicornis) va (Dicerorhinus Sumatrensis), bali uy hayvonlarining asosi bo'lmish banteng yovvoyi ho'kizi (Bos javanicus), Hindiston buyvoli (Bubalus bubalis), gaur (Bos frontalis gau-rus)Anp. Tog'lar va qirlarda, odamlar kam bo'ladigan o'rmonlarda kichik muntjak bug'usi (Muntiacus munjak) tarqalgan. Yirtqichlardan malayya kalta jun quyosh ayig'i (Ursus talajanus) va yo'lbarsni aytib o'tish mumkin. Yo'lbars Kalimantan orolidan boshqa barcha orollarda tarqalgan. Sumatra va Kalimantan orollarida odamsimon maymun orangutan (orangutan-o'rmon odami demakdir) yashaydi; u hozir juda kam uchraydi. Gibbonlar oilasiga va silliq junlilar kenja oilasiga kiruvchi hayvon turlari, makakalarning bazi turlari hamma joyda tarqalgan. Primatlarga va hasharotxo'rlarga o'xshash tupayi va primitiv primatlar-uzun tovonlilar xarakterlidir. Orollar faunasining o'ziga xos xususiyati-ko'plab pastlab uchuvchi hayvon turlarining mavjudligidir. Bularga sut-emizuvchilardan-hasharotxo'rlar, ko'rshapalaklar va chala maymunlar oralig'idagi forma bo'lmish-uchqur kiyik va junqanot, sudralib yuruvchilardan-uchuvchi ajdar (Drokovolans), yani yirik kaltakesak (bu kaltakesakning qo'l-oyoqlari uchida uchishga yordam beruvchi pardasi bo'ladi) misol bo'ladi. Qushlar orasida apryc (Hrgusianus argus) deb ataladigan yarqiroq rangli ajoyib qirg'ovul, tovus (Pavomuticus) va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.43 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.43 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga