Shimoliy Meksika Reja: Shimoliy mesa. meksikaning o'rta mintaqasidagi o'rmon. Markaziy amerika Markaziy-amerikaning orografik sxemasi Markaziy amerika buyni Markaziy amerikadagi vulkan, Kuba orolidagi qirol palmalari. Orollari Janubiy amerika Bu oblast Kaliforniya yarim orolini, Shimoli-g'arbiy Meksika platosini va janubiy chekkasi bo'ylab baland vulkan zanjirlari o'tgan Meksika tog'ligini o'z ichiga oladi. Shimoliy Meksika janubda Balsas daryosining tektonik vodiysi bilan chegaralanadi, bu vodiy ayni vaqtda asli Shimoliy Amerika bilan Markaziy Amerika orasidagi geografik chegara hamdir. Butun oblast tog'li va arid landshaftlari hamda vulkan relefi shakllarining keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Kaliforniya yarim orolida AQSH dagi Qirg'oq bo'yi tizmalarining davomidan iborat tog'lar joylashgan. Ular 100-300 m balandga qad ko'targan bo'lib, Kaliforniya qo'ltig'i bilan Tinch okeani tushib kelgan. Faqat qirg'oq bo'yidagi bazi joylardagina kambar sohilbo'yi sertepa tekisligi joylashgan. Tor va uzun Kaliforniya qo'ltig'i sharqdan Qirg'oq bo'yi tizmalarini chegaralab turuvchi pastqam joylar (botiqlar) polosasining davomidan iborat. Kaliforniya qo'ltig'ining sharqiy qirg'og'i bo'ylab kambar qirg'oqbo'yi tekisliklari cho'zilib ketgan, ular burmalangan cho'kindi, shuningdek vulkanik jinslardan tarkib topgan Sonor sertepa platosiga tutashib ketgan. Sharqda Shimoliy Meksika oblastining asosiy qismini egallagan Meksika tog'ligi qad ko'targan, u sharq, g'arb va janubdan baland tog'lar bilan o'ralgan. Uni Kordilera tog'larining boshqa qismidan yor po'stining chuqur ko'ndalang yoriqlari ajratib turadi; bu yoriqlar Tinch okean va Meksika qo'ltig'iga chiqib boradi. Meksika tog'ligi laramiy epoxasida burmalangan vulkan mahsulotlari bilan ko'milib qolgan mezozoy jinslaridan tarkib topgan. Uning shimoliy qismi (Shimoliy Mesa) ancha past bo'lib, birqancha oqimsiz soyliklar (bolsonlar) ga va ularni bir-biridan ajratuvchi past tog'larga bo'linadi; bu tog'larning balandligi odatda 1500 m dan oshmaydi. Yassi tog'likning janubiy qismini tashkil etuvchi Markaziy Mesa ancha balandga ko'tarilgan bo'lib, kuchli o'yilib ketgan. Yassi tog'lik shimoliy qismi bilan janubiy qismining o'yilganlik (parchalanganlik) darajasi ularning iqlimidagi tafovut bilan bog'liqdir. Janubiy qismida iqlim ancha sernam bo'lib, eroziya jarayonlari shiddatli ro'y beradi, shimolda esa nurash va eol jarayonlar ustun turadi. Markaziy Mesaning ayrim massivlari orasidagi soyliklarda shahar va posyolkalar-joylashgan. Yassitog'lik g'arbdan G'arbiy Serra-madre, sharqdan Sharqiy Serra-madre tog'lari bilan chegaralanadi; bu tog' tizmalarining balandligi 300 m dan ortadi. Meksika tog'ligining janubiy chekkasi. yer po'stining juda katta yoriqlari sistemasiga to'g'ri keladi, bu yoriqlar Tinch okean tagini kesib o'tgan aktiv tektonik zonaning sharqiy davomidir. Mezazoy erasida bu zona bo'ylab intruziyalar ko'plab oqib chiqqan va vulkanlar otilib chiqib, ko'ndalang Vulkanik Serra- yoki Meksikaning Markaziy Vulkanik tog'ligi deb ataluvchi konuslarning butun bir sistemasini hosil qilgan. Bu yerda vulkanik harakati neogenda ayniqsa aktiv bo'lgan, biroq u hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Orisaba yoki Sitlaltepetl (5700 m), Popokatepetl (5452 sh) yoki Kolima (3846 m) ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:54:01
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
794.93 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:54 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
794.93 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:10 ]
Arxiv ichida: doc