Shpitsbergen arxipelagi

Shpitsbergen arxipelagi

O'quvchilarga / Geografiya
Shpitsbergen arxipelagi - rasmi

Material tavsifi

Shpitsbergen arxipelagi Shpitsbergen arxipelagi 76,5° va 80,5° sh. k.lar orasida joylashgan orollar gruppasidan iborat bo'lib, xorijiy Yevropadagi birdan-bir arktika oblastidir. Arxipelagning maydoni-62 ming km2. U asosiy G'arbiy Shpitsbergen oroli, Shimoli-sharqiy yer oroli va bir qancha kichikroq orollardan iborat; orollar bir-biriga yaqin joylashgan bo'lib, tor bo'g'ozlar orqali ajralib turadi. Ularning hammasi paydo bo'lishiga ko'ra materik orollari bo'lib, kaynozoy erasining ikkinchi yarmiga qadar Yevropani Grenlandiya bilan tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlarkdan iboratdir. Arxipelagning 80-parallel yaqinida joylashganligi, yillik radiatsiya balansining iyulga yaqinligi, qutb kechasining uzoq davom etishi bu yerda qoplama muzliklarning, muzdan holi erlarda esa, ko'p yillik muzloqlarning hosil bo'lishiga, sohillar yaqinida tundra o'simliklari, tog'larda esa sovuq sahrolar o'simliklarinnig tarqalishiga sharoit tug'diradi. Biroq issiq oqimning ta'sir etishi tufayli Shpitsbergenning tabiiy sharokti Arktikaning xuddi shu kengliklarida, biroq g'arbroqda yoki sharqroqda joylashgan orollaridagiga qaratanda har holda ancha yumshoqroqdir. Shpitsbergenning yer yuzasi burmalangan proterozoy va quyi palsozoy jiyaslariDan tarkib topgan; bu jinslarni bazi joylarda toshko'mir davri, mezozoy va kaynozoy eralarining tarkitarkibida toshko'mir zapaslari bo'lgan gorizontal yotqiziqlari ko'mib yuborgan. Shpitsbergen konlaridan toshko'mir qazib olish XX asr boshlaridan beri mavjud. Orollar relefn qadimgi qoplama muzlanishlar ta'siri, sovuqdan nurashning keng tarqalganligi, katta yer yoriqlarining mavjudligi va muzlanishdan keningi vaqtlarda ro'y bergan ko'tarilishlar bilan bog'liqdir. Arxipelagning shimoli-g'arbi va shimoli-sharqida tog' tizmalarining o'tkir cho'qqilari hamda qirralari 1500-1700 m gacha balandlikka ko'tarilgan, boshqa joylardamuzlik vodiylari bilan bo'lingan va nurash mahsulotlari uyilib yotgan pastroq platolar ustun turadi. Shimol va g'arbda sohilni yer po'sti yoriqlari bo'yicha o'tgan fordgar parchalab yuborgan. Sohildagi dengiz terrasalari-bu yer yaqinda ko'tarilganligidan dalolat beradi. Kema qatnovi uchun Isford eng katta ahamiyatga ega; u G'arbiy Shpitsbergenga ko'mir qazib olinadigan asosiy rayonlar joylashgap yerda o'yib kirgan. Arxipelagning 12 qismiga yaqini muzlar bilan qoplangan. Shimoli-sharqiy Yer oroli va uning atrofidagi orollarda muz qoplami ayniqsa katta bo'lib, bu erlarda muzlarning qalinligi bazan 700 m ga etadi. Hozirgi vaqtda Shpitsbergendagi muzlar, shimoliy yarimshardagi barcha qoplama muzliklar kabi, chekshshoqda va kichraymoqda. Shpitsbergenning iqlim sharoiti qahraton sovuqligi va g'arbi hamda sharqi bir-biridan farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu farq mavjudligining sababi shuki, Shpitsbergen orollarining g'arbidan iliq dengiz oqimi o'tadi. Arxipelagda oktyabrning o'rtasidan to fevralning o'rtasigacha qutb tuni hukm suradi. Havo temperaturasi yil davsshida past bo'ladi. Yanvar oyining o'rtacha temperaturasi sharqda-18°S, g'arbda esa-12°S gacha. Iyulning o'rtacha temperaturasi + 3 dan +5° S gacha bo'ladi. Maksimal temperatura +16°S, minimal temperatura esa-40°S gacha bo'ladi. Arxipelagning g'arbiy yarmi issiq oqim ta'sirida serqor va seryomg'ir ob-havoning ustun turishi bilan xarakterlanadi, sharqiy yarmi esanisbatan quruq. G'arbiy sohilning qirg'oqbo'yi suvlari va fordlar faqat kyundan sentyabrgacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.53 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.53 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga