Shrilanka oroli

Shrilanka oroli

O'quvchilarga / Geografiya
Shrilanka oroli - rasmi

Material tavsifi

Shri lanka oroli Shri Lanka maydoniga ko'ra (65,6 ming km2) Osiyoning boshqa orollariga nisbatan katta bo'lmasa ham, tabiiy sharoitining o'ziga xosligiga qarab uni alohida tabiiy geografik o'lka sifatida ajratish mumkin. 101. Shri Lankada baliq ovlash. Shri Lanka Hindiston yarim oroli yaqinida joylashgan bo'lib, undan kengligi 60 km cha bo'lgan Polk bo'g'ozi orqali ajralgan. Hindiston yarim oroli sohilidagi pasttekisliqlar bilan orol oralig'ida Odamato Ko'prigi deb ataladigan sayozlik va marjon riflaridan iborat ko'tarma bor. Bu ko'tarma ustidan bo'g'ozdan parom orqali o'tadigan temir yo'l o'tgan. Orol tuzilishi jihatidan Hindiston yarim orblining bir qismidir. U qadimgi kristall jinslardan tuzilgan, peneplenlashgan palaxsaning bir qismi bo'lib, janubiy qismi bir oz ko'tarilgan, shimol, sharq Yea g'arb tomonlari cho'kkan, bazi joylarini yoshroq cho'kindilar qoplab olgan. Orolning janubiy yarmida gneys va kvartsitlardan tuzilgan Markaziy massiv ko'tarilib turadi. Uning ichki qismlari palaxsali tog'lar va platolardan iborat bo'lib, ularni chuqur vodiylar va soyliklar bir-biridan ajratib turadi. Bu tog'lar orasida eng balandi Pidurutalagala tog'i (2524 m) va buddistlar sajdagohi bo'lgav qoyali piramida Odamato cho'qqisidir (2243 m). Massiv tuzilishida bir qancha tekislangan yuzalar ko'zga aniq tashlanib turadi, ular atrofdagi pasttekislikka tik zinapoyalar hosil qilib tushadi. Massivning janubiy yonbag'irlari ayniqsa tik. Daryolar bu yonbag'irlarda tor daralar, ko'p sharsharalar hosil qilgan. Markaziy massivni o'rab turgan pasttekisliklarning zaminida kristall jinslar bor, ular har yer-har yerda yer yuzasiga chiqib past gryada va tepalar hosil qiladi. Yer yuzasining katta qismini daryolar keltirmalari qoplagan, shimol va shimoli-g'arbda ohaktoshlar tarqalgan, ular o'z ostidagi kristall jinslarni qoplab yotadi. Shri Lanka qirg'oqlari ham Hindiston yarim oroli qirg'oqlari kabi hamma joyda past, tekis, qum tillari, lagunalar bor. Eng qulay tabiiy qo'ltiqlarda asosiy portlar janubi-g'arbda Kolombo, janubi-sharqda Trinkomali portlari joylashgan. Orol grafitga boy, grafit Markaziy massivning va janubi-sharqdagi pasttekisliklarning qadimgi metamorfik jinslari orasida joylashgan, Shri Lankaning janubiy qismidagi allyuvial jinslarda qimmatbaho toshlarning sochilma konlari bor. Qirg'oq yaqinida qadimdan marvarid olinadi. Orolning katta qismi Hindiston yarim oroli kabi subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Uning janubi-g'arbiy chekkasi esa ekvatorial iqlim mintaqasiga kiradi. Bu hol dengiz sathidan katta balandlikda ham bir xil yuqori temperatura bo'lishiga olib keladi. Tekisliklarda o'rtacha temperatura yil davomida +26° dan +28°S gacha o'zgaradi, faqat 200 m ga yaqin balandlikda o'rtacha oylik temperatura +16°S gacha pasayadi. Hamma yerda ham temperaturaning sutkalik farqlari yillik farqlardan ancha katta bo'ladi. Temperatura doim bir xil bo'lgan sharoitda tabiiy va madaniy o'simliklarning joylashishiga asosan yog'inlar ta'sir ko'rsatadi. yog'inning yog'ish rejimi va yillik miqdoridagi farqlar orolning turli rayonlaridagi landshaftlar farqini belgilaydi. Yog'inlarning asosiy qismi musson .shamollari-yozgi janubi-g'arbiy va qishki shimoli-sharqiy mussonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.63 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.63 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga