Shveysariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar

Shveysariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar

O'quvchilarga / Geografiya
Shveysariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar - rasmi

Material tavsifi

Shveytsariya Alp tog'laridagi qoya cho'qqilar va muzliklar. Yungfrau tog'ining ko'rinishi Kristall jinslardan, qisman ohaktoshdan tuzilgan eng baland tizmalar va massivlar polosasi tipik baland tog' relefiga ega. Ayrim tepalari ko'tarilib turgan o'tkir qirrali tizma tog'lar, bularni o'yib tushgan yirik tsirklar, tik jarli yonbag'irlar, giyohsiz chuqur osma vodiylar, juda katta muz tillari-Alp tog'larining eng baland qismlari manzarasi anna shunday. Pastroq qismlariga hamda Alpoldi tog'larining chekkadagi tizmalariga o'rtacha balandlikdagi tog' relefi xos bo'lib, tog' tepalari gumbazsimon va yonbag'irlari qiya tushadi. Daryo vodiylari keng, Terrasali, ko'pincha kengayib ko'llar hosil qilgan. Shimolda Alp tog'lari Yura tog'lari bilan Dunay daryosining o'rta oqimi oralig'ida joylashgan tog' oldi platosiga o'tib boradi. Tog' oldi platosi neogen oxiri va antropogen boshida tog'lardan nurab tushgan jinslardan hosil bo'lgan, balandligi 400-600 m. Bu nuroq jinslar to'rtlamchi davrdagi orogenezning oxirgi bosqichi vaqtida yuzalama burmalar hosil qilgan. Plato ustida Alp muzliklari keltirgan qalin muzlik yotqiziqlari: oxirgi morena marzalari, tag morena uyumlari va katta maydonlarni qoplab yotgan zandr qumlari bor. Alp tog'i oldi platosi Shveytsariya va Germaniya Federativ Respublikasi territoriyasida joylashgan. Ana shunga mos ravishda uning kichik g'arbiy qismi Shveytsariya yassi tog'ligi, sharqiy qismi Bavariya yassi tog'ligi deyiladi. Shveytsariya yassi tog'ligi bir oz balandroq bo'lib, unda ko'llar ko'p. Bavariya yassi tog'ining relefi bir xilroq, unda ko'llar ancha kam bo'lib, botqoqliklar serob. Shveytsariya yassi tog'ini shimol tomondan Yura tog'lari sistemasi o'rab turadi. Yura tog'lari Alp tog'lari sistemasining sodda tuzilgan old tizmasidan iborat. Eng baland joyi 1723 m bo'lgan va yura davrining ohaktoshlaridan tuzilgan oirbirlariga parallel antiklinal tizmalar flish jinslari bilan to'lgan bo'ylama keng vodiylarni ajratib turadi. Tog' tizmalarini tor daralar kesib o'tib, bo'ylama vodiylarni bir-biriga qo'shib turadi va shunday qilib, to'rsimon relef hosil qiladi. Yura tizmalarining yonbag'ir va tepalarini karst juda o'yib yuborgan, bu yerda karst g'orlardan, voronkasimon chuqurliklardan va yer osti daryolaridan iborat. Alp tog'larining janubiy yonbag'rida tog' oldi qirlari yo'q. Sharqda Alp oldi tog'lari, g'arbda baland kristall massivlar Padan pasttekisligiga tik tushadi. Bu pasttekislikda Alp tog'lari sistemasining janubiy chekkalari yer ostiga chuqur tushib ketgan. Kaynozoy boshidan boshlab pasttekislik o'rnida Adriatika dengizining qo'ltig'i bo'lgan, u Alp va Apennin tog'laridan tushgan nuroq jinslar bilan asta-sekin to'lgan. Qo'ltiq neogen oxiriga kelib quruqlikka aylangan. Padan pasttekisligi katta qismining dengiz sathidan balandligi 100 m dan oshmaydi. Lekin chekka qismlari asta-sekin ko'tarila borib, g'arbda deyarli 500 m ga etadi. Pasttekislikning relefi tog' etagida sertepa, yer qatlamlari yirik parcha jinslar, oxirgi morena yotqiziqlari va zandr qumlaridan tuzilgan. Po daryosi vodiysiga tomon yirik jinslar mayda allyuvial yotqiziqlar bilan almashinadi va relef tekis ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.88 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.88 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga