Skandinaviya tog'laridagi vodiy Shvetsiya bilan Finlyandiyaning shimolida yanvar oyining o'rtacha temperaturasi-14°S dan-16°S gacha bo'lnb, bazi hollarla temperatura-50°S ga tushadi. Bunday past temperatura Norvegiyaning Skandinaviya yarimorolining shimoliy qismidagi baland feldlari uchungina emas, balki janubiy qismlaridagilar uchun ham xosdir. Janubiy rayonlarda eng sovuq oyning o'rtacha temperaturasi ancha yuqori (Stokgolmda-2°S, Xelsinkida-4°S), biroq arktika havo massalari kirib kelishi munosabati bilan deyarli har qishda temperatura-30°S va hatto-40°S ga tushib ketish hollari bo'lib turadi. Butun Fennoskandiya uchun yozning salqin bo'lishi, shimoliy qismida esa uning qisqaligi xarakterlidir. Iyul-avgust oylarining o'rtacha temperaturasi Shimolin rayonlarda atigi +10, +12°S; janubi-sharqda (Stokgolm, Xelsinki) + 16, + 17°S ga etadi. Qutb kunining uzunligi tufayli o'simliklar vegetatsiyasi davri uzayadi. yoz kech boshlanadi va Fennoskandiyaning deyarli barcha qismida (Skandinaviya yarimorolining janubi bundan mustasno) to iyungacha ushuq sovuq tushadi, yani o'simliklarnivg sovuq urish xavfi saqlanib turadi. Kuzgi sovuq tushishi avgustdan boshlanadi, sentyabrga kelib esa, kechalari juda sovuq bo'ladi. Aholi bunday sovuq kechalarni-temir-tunlar deb ataydi. G'arb bilan Sharq o'rtasidagi iqlimiy tafovut yog'vnlar miqdorining taqsimlanishida yanada yaqqol namoyon bo'lgan. G'arbiy sohilning ko'p esuvchi g'arbiy shamollariga ro'para janubiy qismida namlik ayniqsa kattadir. Bergenda yiliga 200 mm gacha yog'in tushadi, bu yog'in asosan yomg'ir tarzida yog'adi va shunisi ham borki, ko'p qismi qishda tushadn. Yeg'in miqdori ichki va sharqiy rayonlarda 100 mm dan, shimoli-sharqni rayonlarda esa 500 mm dan kam, Sharqiy rayonlarda yog'inlar yozda eng ko'p yog'adi, qishda asosan qor yog'adi. Shimoli-sharqiy va tog'li rayonlarda qor yiliga-etti oy erimaydi, tog'larnikg eng baland qismida esa u butunlay erib tugamaydi va kattagina hoznrgi zamon muzliklarini to'yintiradi. Fennoskandiyaning relefn va iqlimi yer usti suvlarniing rivojlanishiga qulaylik tug'diradi, shu sababln bu oblast daryo va ko'llarga boy, ular sertarmoq va murakkab yagona gndrografiya to'rini hospl qiladi. Ko'llar ko'pincha daryo vodiylarniing kengaygan qirmlaridan iborat, ko'pgina daryolar esa yirik ko'llarni birbtsriga bog'lab turadi. Gidrografiya tarmoqlarining morfologik xususiyatlari ularning geologik jihatdan yaqinda-to'rtlamchi davr muzliklari chekingach shakllanganligi bilan bog'liq. Daryo vodiylari profilining hali uzil-kesil shakllanmaganligi va unga bog'liq holda ostona va sharsharadarning ko'pligini ham territoriya relefining yoshligi bilan izohlash mumkin. Fennoskandiya daryo va ko'llarining katta qismi neogenda hosil bo'lgan va keyinchalik muzliklar ta'sirida o'zgargan tektonik yoriqlarda joylashgan. Daryo vodiylar va ko'llar asosan shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa tomon yo'nalganligining asosiy sababi ham ularning tektonik yoriqlar yo'nalishiga mos kelishidir. Skandinaviya tog'laridan sharqqa tomon tezoqar va qishda muzlamaydigan qisqa daryolar oqib tushadi. Ularning ko'pi tog'likning baland jarliklaridan fordlarga shiddat bilan oqib tushadi va balandligi bir necha yuz metrlab keladigan sharsharalar hosil qiladi. Skandinaviya tog'lariningsharqiy yonbag'irlaridan oqib tushuvchi va Baltika dengiziga quyiluvchi daryolar bilan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.79 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.79 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: doc